O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn
-chizma. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma
Download 1.79 Mb.
|
Ma\'ruza Menejmenga kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-chizma. Mahsulotli tashkiliy tuzilma
23-chizma. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma
Mahsulotli tashkiliy tuzilmada qandaydir mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlar bitta rahbarga topshiriladi, u mahsulotning ushbu turi uchun javobgar bo‘ladi. Ikkilamchi vazifaviy xizmatlar (ishlab chiqarish, texnik va sotish) rahbarlari boshqaruvchi oldida hisobot berishlari kerak. Mahsulotli tuzilmaga muvofiq harakat qiluvchi yirik firma aniq mahsulotga unga mahsulotning bir ikki turini ishlab chiqaruvchi firma qaragandek e’tiborni qaratadi. Natijada bu firma yangi mahsulotni ishlab chiqarishda boshqa tashkiliy tuzilmalarga asoslangan firmalarga qaraganda kattaroq muvaffaqiyatlarga erishadi (24-chizma). Умумий раҳбар Б. маҳсулотнинг раҳбари А. маҳсулотнинг раҳбари Молия В. маҳсулотнинг раҳбари Ишлаб чиқариш Таъминот Режа ИТТКИ Ходимлар Сотиш 24-chizma. Mahsulotli tashkiliy tuzilma Hozirgi sharoitlarda tashkiliy tuzilmalarni takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir: ishlab chiqarish va sotish operatsiyalarini markazlashtirilmaganligi; tuzilmalarning epchilligini oshishi; direktorlar kengashining rolini kuchayishiga ega boshqaruvning markazlashtirilmagan tuzilmalari; vertikal dezintegratsiya (tarkibiy qismlarga taqsimlanish) korxonani oddiy bo‘linmalar tashkil qilish maqsadida segmentlarga ajratishdan to yuridik sho‘‘ba kompaniyalarga ajratishgacha (vertikal yoki pastga qaytadan tuzilmalarga ajratish) yoki faoliyatning ma’lum sohalariga ixtisoslashgan firmalarni tashkil qilish yo‘li bilan singil korxonalarni ajratilishi (gorizantal qaytadan tuzilmalarga ajratish); ichki soddalashtirishlar yoki o‘zgartirishlar, ular boshqaruv bo‘g‘inlari va darajalarini birlashtirish, taqsimlash, birovga qayta bo‘ysindirish, qisqartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi; tor ixtisoslashishdan integratsiyalashishga o‘tish; muvofiqlashtirish va nazorat qilishda ma’muriy qo‘llanmalardan foydalanishdan voz kechish; sho‘ba kompaniyalarning rahbariyatiga ishlab chiqarish- sotish muammolarini hal qilishdagi vakolatlarni berish; piramidali tashkiliy tuzilmalarni darajalarning kichikroq soniga ega tekisiga aylantirish. Xorijiy firmalarda boshqaruv darajalarining soni 8-12 dan 4-5 gacha qisqartiriladi, ya’ni bosh boshqaruvchi va bevosita mijozlar bilan ishlovchi xodimlar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inlarning miqdori pasaytiriladi. Buning natijasida har bir menejerning faoliyati bevosita iste’molchilar talablarini qanoatlantirishga yaqinlashtiriladi. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling