O’quv mоdul birliklari


Rotorli nasoslarning tasnifi , umumiy xossalari va qo`llanilishi


Download 142.47 Kb.
bet3/4
Sana28.12.2022
Hajmi142.47 Kb.
#1023137
1   2   3   4
Bog'liq
Shesternali

Rotorli nasoslarning tasnifi , umumiy xossalari va qo`llanilishi
Shesternali nasoslar tuzilishi va xossalari
Shesternalar aylanayotganda tishlar so`rish bo`shlig`i (c) da bir-biridan uzoq­lashadi. Natijada tishlar orasidagi chuqurchalarda suyuqlik katta tezlikda olib ketilishi sababli so`rish bo`shlig`ida siyraklanish ro`y beradi va so`rish teshigi ichiga suyuqlik keladi. Tishlar o`zaro birikkan paytida haydash bo`shlig`i (X) siqib chiqariladi, natijada haydash bo`shlig`ida bosim ortib, suyuqlik tarmoqga uzatiladi.

Shesternali nasoslar tuzilishi va xossalari


Shesternali nasoslar hosil qilgan bosimga qarab past (10 kg/sm2) o`rtacha (30 kg/sm2) va yuqori (100 kg/sm2) bosimi bo`ladi.
Past bosimli nasoslar mashinalarning sovitish moylash sistemalarida o`llaniladi. O`rtacha bosimlari kuch organlariga harakatni tez uzatish kerak bo`ladigan stanoklarning gidrouzatmalarida (Maslan: parmalash, jilvirlash stanoklarida) ishlatiladi. Yuqori bosimli na­soslar stanoklarning ichki organiga katta kuch uzatish lozim bo`lgan gidrouzatmalarda o`llaniladi.
Plastinkali nasoslar moy va boshqa suyuqliklarni uzatishda ishlatiladi. Plastinkali nasoslardan benzonasos sifatida, metal kesuvchi stanoklarda, aviasiyada ham foyda­la­ni­ladi..

Radial-porshenli nasoslar


Silindrlari umumiy blokka birlashtirilgan ko`p silindrli nasoslar rotorli-porshenli nasoslar degan edik. Porshenni harakatga keltirish usuliga qarab aylanuvchi va ko`zg`almas blokli-rotorli-porshenli mashinalar mavjud. Agar silindrlar blok o`qiga nisbatan radial joylashgan bo`lsa, radial porshenli agar aksial joylashgan bo`lsa, aksial-por­shen­li deb yuritiladi.
Radial-porshenli nasos rotor 2, doiraviy yunaltirgich 4, stator 1 va porshenchalar 3 dan iborat. Rotor ko`zg`almas o`k 5 atrofida aylanadi. Porshenchalar ilgarilanma qaytam harakat qilib, o`z silindrlaridan chiqib prujina yordamida yunaltiruvchi 4-ga tomon qattiq itariladi. Teshik 6-dan suyuqlik bilan to`ldiriladi, silindrning ish hajmi kichraygan paytda teshikdan suyuqlik haydab chiqariladi. Radial-porshenli nasoslar 200 at.dan 1000 at.gacha bosim hosil qila oladi.
Bu nasos gidrouzatmalarda, ichki dvigatellarga yoqilg`i, surkab moyi, suyuqlik uzatishda ishlatiladi.

Download 142.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling