O’quv predmeti: fizika Ta’lim kursi: 1 Mavzu: Atom Yadrosi Tuzilishi Keysning asosiy maqsadi


Download 280 Kb.
bet1/20
Sana01.12.2019
Hajmi280 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI

SAMARQAND QISHLOQ XO’JALIK INSTITUTI


Fizika va kimyo kafedrasi


Fizika fanidan “Atom yadrosi tuzilishi”
mavzusidagi ochiq ma’ruza darsiga
TA’LIM TEXNOLOGIYA


Tuzuvchi: E. Ismailov

Samarqand - 2013

Kirish

O’quv predmeti: fizika

Ta’lim kursi: 1

Mavzu: Atom Yadrosi Tuzilishi

Keysning asosiy maqsadi:

  1. Ta’limiy: Fizika fani va uning tadqiqot uslublarini, Fizikaning rivojlanish tarixi va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’lanishini, atom, atom yadrosi tuzilishi, yadro kuchlari.

  2. O’quv rejaviy: ishchi o’quv rejasida ko’rsatilgan ma’ruza kursini o’tish va shu jarayonda kelgusi faoliyati uchun asqotadigan asosiy malaka hamda ko’nikmalar hosil qilish;

Yadro kuchlari, yadroning bog’lanish energiyasi. Nuklonlar, massa defekti. Izotoplar, zanjir reaksiyasi yadro reaktori. Bo’linish reaksiyasi, yemirilish doimiysi, aktivlik, massa atom birligi, massa soni o’tuvchanlik qobiliyati, yadro kuchlari, elektron-pozitron juftlik.
O’quv faoliyatidan kutiladigan natijalar:

  1. Fizikaning rivojlanish tarixi va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’lanishini fizika fani hozirgi kunda qanchalik kerak bo’layotganini bilib olish;

  2. Yadro, yadroning tuzilishi, nuklonlar, massa defekti, elektron-pozitron juftlik, yadro kuchlari umuman tabiatda sodir bo’ladigan jarayonlarni mohiyatini tushunish, ularni amalda qo’llash jarayonida dastlab yuzaga keladigan muammolarni yechish va so’ngra aniqlashda nazariy bilimlarni qo’llash;

  3. Fizikani urganishda – asosiy kattaliklar ularning formulalari va qoidalarini bilish.


Ushbu Keysning muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun talabalar oldindan quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lmoqlari zarur:

Talaba oldindan bilishi kerak Atom, atom yadrosi, yadroning bog’lanish energiyasi, massa atom birligi va hakozo.

Talaba amalga oshirishi kerak:

-mavzuga oid materialni – Chadvik neytronni kashf qilishini, Rezerford tajribalarini, yemirilish doimiysi, yadro va yadro kuchlarini mustaqil urganadi;



  • dars davomida paydo bo’ladigan muammoning mohiyatini aniqlaydi va yechadi;

  • mavzuga oid muammolarni mustaqil yechadi, natijalarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, o’z nuqtai nazaridan mantiqiy xulosalar chiqaradi.

Talaba ega bo’lmog’i kerak:

  • muammolarni hal qilish ko’nikmalariga;

  • taqdimot (tushuntirish) ko’nikmalariga;

  • hamkorlikda ishlash ko’nikmalariga;

  • muammoli holatlarni taxlili qilish ko’nikmalariga.



Keysning tavsiyanomasi:
Keys darsxonaga mo’ljallab tuzilgan, lavxali keyslar kategoriyasiga kiradi, uslubiy va darslik materiallari, muammoli vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Keysning asosiy obyekti shaxsga (talabaga) yo’naltirilgan. Xajmi o’rtacha, tizimlashtirilgan bo’lib, ma’ruza mashg’ulotga mo’ljallangan o’quv mavzusi bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan. Didaktik maqsadlarga ko’ra keys muammolarni aniqlashga, ularni hal etishga, taxlil qilish va xulosalashga qaratilgan.


    1. Ta’limning texnologik modeli.




Mavzu; 2soat

Ta’lim oluvchilar soni:120-125 ta

Mavzu: MEXANIKANING FIZIKAVIY ASOSLARI

Jismning inersiya momentini trifelyar osma usuli yordamida aniqlash.

Ma’ruza mashg’uloti rejasi

  1. Keysga kirish (quyidagi savollar muhokamasi):

  • Atom, Yadro, Izotoplarni aniqlash;

  • Chadvik qonunini, praton-neytron modelini urganib olish;

  • Yadro kuchlari, yadroning bog’lanish energiyasi, nuklonlar, massa deffekti.

  • Yadro, yadro kuchlari, yadroning bo’linish reaksiyalari.

  1. Keysni kichik guruhlarda yechish, natijalar asosida taqdimot qilish.

  2. Guruhlarning ish faoliyati va ish natijalari baholash va xulosa chiqarish.

O’quv mashg’ulotning maqsadi.

Atom, atom tuzilishini urganish, ko’nikmalarini hosil qilish; Buni ishchi rejada ko’rsatilgandek xisoblash orqali amalga oshirish jarayonida hal qilish bilan birga talabalarda kelgusi faoliyati uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni ham chuqur shakllantirish.

Pedagogik vazifalar:

1.Mavzuga oid zarur bo’lgan bilimlarni takror-lash;

2.Kirxgof qonunlari mohiyatini yoritish va ularni masala yechishga qo’llash uchun uslubiy yo’nalish berish;

3.Mavzuga oid ishchi rejada ko’rsatilgan masalalarni yechish.

4.Mashg’ulot davomida muammoli vaziyatlarni aniqlash, ularni yechish va natijalarni xulosalash.


O’quv faoliyati natijalari:

1. Atom yadrosi nimalardan tashkil topgan, Yadro kuchlarini urganib, bilib olish;

2.Yadro, yadro kuchlarini urganish va shu jarayonlarni amalda qo’llash hamda qo’llash jarayonida dastlab yuzaga keladigan muammolarni yechish va so’ngra xulosa qilish;

3.Impulsning saqlanish qonunini xisoblashda ishlatiladigan ifodalarni bilish.



O’qitish usullari.

“Keys–stadi” uslubi, “Blis–so’rov,” “Muammoli vaziyat,” “Bahs–munozara”.

O’qitish vositalari

Multimediya, Tarqatma – kartochkalar, doska, bo’r.

O’qitish shakllari

Individual va guruhlarda ishlash.

O’qitish shart–sharoiti

Guruhlar bilan ishlashga mo’ljallangan darsxona

Monitoring va baholash

Og’zaki nazorat, savol-javob, uy vazifasi. O’z-o’zini nazorat qilish, reyting tizimi asosida baholash.

1.2. Ta’limning texnologik xaritasi.



Ish bosqichlari, vaqti

Faoliyatning mazmuni

O’qituvchi

Talaba

Tayyorlov bosqichi

(10-daq.)



“Keys – stadi” ni rasmiylashtiradi, ko’paytirish muammosini hal etadi va yaqindan tanishtirish maqsadida talabalarga oldingi darsda tarqatadi. Keysda tavsiya etilgan maslahat va ko’rsatmalarga amal qilishini aytadi. Keysga izoh beradi.

Tinglaydilar, keys bilan tanishadilar, tavsiya qilingan adabiyotlarni o’rganadilar.

1-bosqich. Mavzuga kirish.

(20-daq.)



1.1. O’tiladigan dars mavzusi, maqsadi va o’quv faoliyatining natijalarini hamda olib borish rejasini tushuntiradi.

1.2. Ma’ruza mavzusi bo’yicha talabalar bilimlarini faollashtirish maqsadida “Blis-so’rov” o’tkazadi (1-ilova. Ilovani o’tgan darsda tarqatiladi).

1.3. Talabalarning mashg’ulotdagi faoliyatini baholash ko’rsatkichlari va mezonlari bilan yana bir bor tanishtiradi.


Tinglaydilar, mavzuni yozib oladilar.
Savollarga javob beradilar
Tinglaydilar



2 – bosqich. Asosiy qism. (45-daq.)

2.1.Keys-stadi keltirilgan topshiriqlarni yechishni tashkil qiladi. Muammolarni hal qilishga talabalarning e’tiborini qaratadi.

2.2. Talabalarni beshta guruhga bo’ladi.

2.3.Keys bilan (2-ilova) ishlashni mustaqil ravishda guruhlarda amalga oshishini tashkil qiladi, bu jarayonni kuzatadi, zarur bo’lganda uslubiy ko’mak beradi.

2.4.Keys ishlangan varaqni yozma ravishda tayyorlashni tavsiya qiladi.

2.5.Natijalarni jadvalga tushirishadi
2.6. Ma’ruza boshlanganini e’lon qiladi.

2.7.Ma’ruza jarayonini nizom bo’yicha baholaydi va eng to’g’ri yechimni aniqlaydi, umumlashtiradi. Shu yechimni talabalarga daftarlariga yozishni tavsiya qiladi.



Topshiriqlarni muhokama qiladilar.
Guruhlarga bo’linadilar

Keysni oladilar, guruhlarda mustaqil ishlaydilar

Varaqda yozadilar.

Guruh vakillari tayyorlanadilar

Vakillar taqdimot qiladilar.

Eshitadilar, yozadilar.



3–bosqich. Yakunlovchi bosqich.

(5-daq.)


3.1. Yakunlovchi xulosa qiladi.

3.2. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi (3-ilova).



Eshitadilar, yozadilar




1 ilova

Bilimlarni faollashtirish uchun “Blis-so’rov” savollari:

1.Atom yadrosi nimalardan tashkil topgan?



  1. Yadro kuchlari nima va u qanday xarakterga ega?

  2. Massa defekti deb nimaga aytiladi?

  3. Bog’lanish energiyasi nimaga teng?

  4. Izotoplar deb qanday moddalarga aytiladi?

  5. Nishonli atom va ularning ishlatilishi haqida nimalarni bilasiz?

7.Qishloq xo’jaligining qaysi sohalarida radioaktiv nurlardan foydalaniladi?
2 – ilova

Auditoriyada ko’rsatish uchun materiallar.

3-Ilova

Mustaqil ish uchun topshiriqlar ([1]-bo’yicha)


  1. Atom yadrosi, atom yadrosi tuzilishini.

  2. Atom yadrosining bog’lanish energiyasini

  3. Yadro energiyasidan foydalanish sohalari

  4. Yadroning energetik holatlarini

Talabalarga uslubiy ko’rsatmalar.

Atom Yadrosi Tuzilishi” mavzusiga doir materiallarni muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun talabalar quyidagi maslahat va tavsiyalarga amal qilishlari zarur.





Ish bosqichlari

Maslahat va tavsiyalar

1.Keys va uning axborot ta’minoti bilan tanishish

Avval “Keys-stadi” bilan tanishing.

Mavzu bo’yicha masalalarni yechish uchun, mavzugacha tegishli bilim va mavzuga oid barcha bilimlarni ma’ruza konspektingizdan, ma’ruza matnidan va ishchi dasturda tavsiya etilgan adabiyotlardan diqqat bilan o’qib chiqish zarur.



2.Berilgan vaziyat (ma’ruza kursi bilan tanishish)

Ishlaydigan masalalar shartini diqqat bilan qayta-qayta o’qib chiqing. Uni mazmuniga kirib boring va tushuning. Masala shartida qanday fizik kattaliklar berilgan, qaysi parametrlarini aniqlash kerakligiga diqqatingizni qarating. Masala shartini qisqa ko’rinishda yozib chiqing: berilgan kattaliklarni bitta vertikal ustun ko’rinishda yozing.

3.Muammoli vaziyatni tahlil qilish.

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni qarating:

Asosiy muammo: Ma’ruza shartida so’ralgan parametrlarini ko’rib chiqish.

Kichik muammolar:

1. Qo’yilgan masalani bajarish.

2. Ma’ruzani urganish jarayonini mustahkamlash.

3. Atom yadrosi tuzilishi bo’limini to’liq urganish uchun Fizikaning

rivojlanish tarixi va boshqa tabiiy fanlar bilan bog’lanishni bilishi zarur.


4.Muammoli vaziyatni yechish usuli va vositalarni tanlash

Muammoli vaziyatlarni hal qilish maqsadida, quyidagi taqdim etilgan “Muammoli vaziyat” jadvalini to’ldirishga kirishing. Muammolarni yechish uchun mavzugacha bo’lgan tegishli bilimlarni va mavzuga oid yadro kuchlari, yadro bog’lanish energiyalari mazmunini eslang. Kichik muammolarni hal qilish uchun nuklonlar massa deffekti qanday ro’y berishini eslang. Shundan keyin ma’ruza shartida bayon qilingan jarayonlarni urganish.

Shundan keyin bosh muammoni yechishga kirishing. Buning uchun esa quyidagilarni bilish zarur.

Yadro kuchlari, yadroning bog’lanish energiyasi. Nuklonlar, massa defekti. Izotoplar, zanjir reaksiyasi yadro reaktori. Bo’linish reaksiyasi, yemirilish doimiysi, aktivlik, massa atom birligi, massa soni o’tuvchanlik qobiliyati, yadro kuchlari, elektron-pozitron juftlik.

Atom yadrosi tuzilishi – atom, atomda bo’ladigan jarayonla haqidagi fan. Atom yadrosi tuzilishining eng asosiy tushunchasi yadro kuchlari, izatoplar, nuklonlar yemirilish doimiysidan iborat.




5.Ma’ruza o’tish uchun materiallar.

Mavzu: ATOM YaDROSI TUZILIShI

Reja:

  1. Atom yadrolari haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Yadrolarning o’lchami va zichligi.

  3. Atom yadrosining bog’lanish energiyasi va massa deffekti.

  4. Yadroning energiya holatlari.

  5. Yadro kuchlari. Yadro bo’linish reaksiyalari. Zanjir reaksiya.

  6. Yadro energiyasidan foydalanish sohalari.


Tayanch iboralar:

Yadro kuchlari, yadroning bog’lanish energiyasi. Nuklonlar, massa defekti. Izotoplar, zanjir reaksiyasi yadro reaktori. Bo’linish reaksiyasi, yemirilish doimiysi, aktivlik, massa atom birligi, massa soni o’tuvchanlik qobiliyati, yadro kuchlari, elektron-pozitron juftlik.


Hozirgi vaqtda yadro fizikasi sohasida olingan natijalar ilmiy va amaliy jihatdan nihoyatda muhimdir. Yadrolarni va yadro ichidagi jarayonlarni tekshirish amalda yadro energiyasidan foydalanishga olib kelganligini ko’rsatib o’tishning o’zi yetarlidir.

1932 yilda Chadvik neytronni kashf qildi. Shu kashfiyot yadro fizikasi fanining rivojlanishiga turtki bo’ldi. Shu yilning o’zidayoq Ivanenko va Geyzenberg deyarli bir vaqtda va bir-biridan mustaqil ravishda yadroning hozirgi paytda umumiy qabul qilingan proton-neytron modelini taklif qildilar.



1932 yilda D.D.Ivanenko tomonidan aytilgan va hozirgi vaqtda hamma e’tirof qilgan gipotezaga muvofiq, barcha atom yadrolari tarkibiga faqat ikki xil elementar zarralar – protonlar va neytronlar kiradi.

1919 yilda ingliz fizigi Rezerford tomonidan aniqlagan, Proton musbat zaryadga ega bo’lib, elektron zaryadiga teng (ya’ni, elementar zaryadga teng ) va tinch holatdagi massasi . Bu qiymatni 1930 yilda Bote aniqlagan. Neytronning zaryadi yo’q; uning massasi proton massasidan bir oz kattaroq . Protonni harfi bilan neytronni harfi bilan belgilash qabul qilingan; bu zarralarning umumiy nomi – nuklonlar deyiladi (“nuklon” lotincha so’z bo’lib, yadro, mag’iz ma’nosini anglatadi).


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling