Anotatsiya
Ushbu o’quv qo`llanma tibbiyot oily o`quv yurtlari uchun 2019 yilda O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Oily va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan dastur asosida yozilgan. Qo`llanma “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” ning zamonoviy yutuqlari bilan boyitilgan.
Oquv qo`llanma “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fanining o`qitish jarayonida talabalar zamonaviy axborot texnologiyalari asosida jarayonlarni matematik modellashtirishga doir bilimlami o`zlashtirgan holda o`z mutaxassisligi bo`yicha yechiladigan masalalarga ulami tadbiq qilish ko`nikmasini hosil qiladi.
“Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” fani talabalami zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematik modellashtirishni farmatsevtika sohasida qo`llash tamoyillari haqida tasavvur hosil qiladi va farmatsevtika sohasini axborotlashtirish va matematik modellashtirish jarayonlari bilan tanishtiradi. Farmatsevtika sohasida qo`llaniladigan amaliy dasturlar paketlari bilan tanishadi. Sohaga oid turli hisoblash amallarini bajarilishini kompyuter dasturlari yordamida o`rganadi.
Qo`llanmaning har bir paragrafida, avvalo mavzuning nazariy qismidan qisqacha axborot berilgan, so`ngra mavzuga mos tipik misol va masalalar batafsil yechib ko`rsatilgan, hamda mustaqil ishlash uchun yetarli miqdorda misol va masalalar berilgan.
O`quv qo`llanma bakalavriatning farmatsiya yo`nalishida tahsil olayotgan “Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish” dastur asosida o`qitiladigan talabalar hamda o`qituvchilar uchun mo`ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |