O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 1-mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari


Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi


Download 212.31 Kb.
bet25/53
Sana24.12.2022
Hajmi212.31 Kb.
#1051881
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53
Bog'liq
ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ МАЪРУЗА МАТН

Inflyatsiya deb pul muomalasi qonunlari buzilishi bilan bog‘liq holda qog‘oz pullarning qadrsizlanishiga aytiladi.
Bu yerda qog‘oz pul miqdorining nisbatan ortib ketib, uning qadrsizlanishiga pulning ortiqcha emissiya qilinishi, pul emissiyasi o‘zgarmasdan, uning aylanish tezligining oshishi, muomaladagi pul miqdori o‘zgarmasa ham tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayib ketishi, tovarlar va xizmatlar ijtimoiy qiymatining va, binobarin, narxining pasayishi va nihoyat, pul qiymatining pasayishi kabi omillar ta’sir qiladi.
Qog‘oz pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog‘oz pullarda bozor narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o‘z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan milliy pul kursining tushib ketishida o‘z ifodasini topadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o‘lchanadi. Narxlar indeksi esa joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga nisbati orqali aniqlanadi:
,
bu yerda:
NI – narxlar indeksi;
TNj – joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi;
TNb - bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi.
Narxlar o‘zgarishini hisobga olish qamroviga ko‘ra narxlar indeksining quyidagi turlarini hisoblash mumkin:
- iste’mol narxlari indeksi;
- ulgurji narxlar indeksi;
- narxlar indeksi – YaIM deflyatori;
- eksport va import narxlar indeksi.
Narxlar indeksidan foydalangan holda inflyatsiya sur’atini (IS) quyidagi formula orqali aniqlash mumkin:
.

Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyatsiyaning bir qancha turlarini farqlash mumkin.


1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasini quyidagi chizma orqali ham izohlash mumkin (2-chizma).
Chizmadan ko‘rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‘payishi qisqa muddat ichida yalpi talabni AD1 dan AD2 ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‘ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3) kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o‘sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining ro‘y berishiga olib keladi.



Download 212.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling