O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 1-mavzu: milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy o‘lchamlari. Yalpi milliy mahsulot va uning harakat shakllari
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish
Download 212.31 Kb.
|
ИКТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ МАЪРУЗА МАТН
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo ‘ nalishi
- Asosiy tayanch tushunchalar
- 7-8-MAVZU: JAHON XO‘JALIGI va uning evolyutsiyasi. JAHON BOZORI. XALQARO VALYuTA VA KREDIT MUNOSABATLARI
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo‘nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo‘nalishi – ichki iste’mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish bo‘ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to‘lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo‘nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o‘tkazilganligi bo‘ldi. Bu yo‘nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo‘llar bilan himoya qilib borildi. Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o‘tish – ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga, ijtimoiy himoya vositasini kuchaytirishda sifat jihatdan yangi bosqich boshlashini bildiradi. Shunday qilib, islohotlar davrida davlat aholining muhtoj tabaqalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga, o‘z mehnat faoliyati orqali oilasining farovonligini ta’minlashga intiluvchi kishilar uchun teng sharoit va qulay imkoniyat yaratishga harakat qiladi. Asosiy tayanch tushunchalar: Aholi daromadlari – aholining ma’lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlari miqdori. Nominal daromad – aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi. Ixtiyorida bo‘lgan daromad – barcha soliqlar to‘langandan keyin qolgan daromad, ya’ni shaxsiy iste’mol va jamg‘arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan daromad. Real daromad – narx darajasi o‘zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid quvvatidir. Lorens egri chizig‘i – daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlashni xarakterlaydi. Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko‘rsatishga qaratilgan turli xil to‘lovlar. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosat. 7-8-MAVZU: JAHON XO‘JALIGI va uning evolyutsiyasi. JAHON BOZORI. XALQARO VALYuTA VA KREDIT MUNOSABATLARI Hozirgi zamon jahon xo‘jaligi rivojining muhim tamoyili milliy xo‘jaliklarning baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo‘jaligi va avvalo jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishidan iborat. Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo‘jaligi ko‘p darajada nafaqat bu mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan aniqlanadi. Ushbu bobda jahon xo‘jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o‘rni, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi. Xalqaro integratsiyaning mohiyati, maqsad va shakllari bayon etiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning turlicha nazariyalari tahlil etilib, jahondagi asosiy integratsion guruhlar ko‘rib chiqiladi. Milliy iqtisodiyotning dunyo mamlakatlari bilan bog‘langan murakkab iqtisodiy munosabatlari tizimida xalqaro savdo munosabatlarining tutgan o‘rni tahlil qilinib, xalqaro savdoning rivojlanishi, omillari va tuzilishi qarab chiqiladi. Xalqaro munosabatlarning moliyaviy yoki valyutaga oid tomonlari bayon etiladi. Xalqaro vayuta-kredit munosabatlari, valyuta tizimi, valyuta kursi va valyuta siyosati, ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar bayon etiladi. Download 212.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling