O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Axborotning sodir bo‘lishi va vaqt


Download 0.69 Mb.
bet80/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

14. Axborotning sodir bo‘lishi va vaqt. Moliyaviy hisob korxonaning moliyaviy tarixini aks ettiradi. Unda xo‘jalik muomalalari ularning sodir bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida qayd etiladi, ya’ni hisobning bu turi korxona xo‘jalik faoliyatida allaqachon sodir bo‘lgan ishni tasdiqlaydi.
Boshqaruv hisobining maqsadi esa sodir bo‘lgan voqealar tahlili asosida istiqbolga mo‘ljallangan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
Moliyaviy hisob “bu qanday bo‘lgani”ni, boshqaruv hisobi esa “bu qanday bo‘lishi kerak”ligini ko‘rsatadi. Shuning uchun ham boshqaruv hisobini goho taxminlash hisobi deb ataydilar.

15. Axborotning aniqlik va ishonchlilik darajasi. Moliyaviy axborot sodir bo‘lgan operatsiyalarni aks ettiradi, Shu bois u xolislik xususiyatiga ega va auditorlik tekshiruvidan o‘tadi. Boshqaruv hisobi esa ko‘proq kelajak davrga mo‘ljallangan istiqbol bilan ish tutadi. Shu bois boshqaruv hisobidagi axborot ehtimollik va sub’ektiv (xususiylik) xarakteriga ega.

16. Xarajatlar va daromadlarni guruhlash yo‘llari. Moliyaviy hisobotda xarajatlar iqtisodiy elementlar nuqtai-nazaridan, daromadlar esa butun korxona va faoliyat turlari (segmentlari) bo‘yicha guruhlanadi va aks ettiriladi. Xarajatlar ro‘yxati hukumat qarorlari bilan markazlashgan tartibda qat’iy belgilanadi. Bu guruhlash butun korxonada ma’lum vaqtda, qanday maqsadga mo‘ljallanganidan qat’iy nazar, qilingan xarajatlar to‘g‘risidagi axborotni olish imkonini beradi.
Boshqaruv hisobida esa xarajatlar kalkulatsiya moddalari bo‘yicha, daromadlar esa tuzilmaviy bo‘linmalar va mahsulot, ishlar, xizmatlar turlari nuqtai-nazaridan guruhlanadi va aks etiriladi. Kalkulatsiya moddalarining ro‘yxati korxona tomonidan ishlab chiqiladi va belgilanadi.
Kalkulatsiya moddalari nuqtai-nazaridan xarajatlarning guruhlashini alohida tuzilmaviy bo‘linmalar bo‘yicha ham, ishlab chiqiladigan mahsulotlar nuqtai-nazaridan ham qilingan harakatlar to‘g‘risidagi ahborotni olish imkonini beradi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling