O’quv reja,baxo va baxolash 5-Amaliy ishi tekshirdi: Yusupo’va Zamira Bajardi: Yangiboyev Azizbek Toshkent – 2023


Download 192.65 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi192.65 Kb.
#1546354
1   2   3   4
Bog'liq
Share 5 amaliy oquv

Texnik talablarga zamonaviy universal shaxsiy kompyuterlar, tashqi qurilmalari, test oʻtkaziladigan manbalar kiradi. Tarmoq talablariga “mijoz-server” arxitekturasi, Internet- navigatorlar, tarmoq operatsion tizimlari, telekommunikatsiya, boshqaruv vositalari (oʻqitish jarayonini individual va jamoaviy ishlari, tashqi qayta aloqa) kiradi.
Estetik talablarga quyidagilar kiradi: tartiblilik va ifodalilik (elementlari, joylashishi, oʻlchami, rangi), bezashning funktsional vazifasi va ergonomik talablarga mosligi.
Maxsus talablarga quyidagilar kiradi: interfaollik, maqsadga yoʻnalganlik, mustaqillik va moslashuvchanlik, audiolashtirish, koʻrgazmalilik, kirish nazorati, intellektual rivojlanish, differentsiatsiyalash (tabaqalashtirish), kreativlik, ochiqlik, qayta aloqa, funktsionalilik, ishonchlilik.
Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi: doʻstonalik, foydalanuvchiga moslashish, ekran shakllarini tashkil etish.
Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida oʻqitishga moʻljallangan oʻquv fanining oʻziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni koʻzda tutadi.
Fanlardan yaratiladigan pedagogik dasturiy vositalar quyidagi metodik talablarga javob berishi kerak:
1. Pedagogik dasturiy vositalar – oʻquv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining oʻzaro bogʻliqligiga tayangan holda qurilishi.
2. Pedagogik dasturiy vositalar oʻquv materialini yuqori tartibli tuzilma koʻrinishida taʻminlashi. Fanlararo mantiqiy oʻzaro bogʻliqlikning hisobga olinishi.
Baholashda portfolio vazifasi
Portfolio (ingl. portfolio – portfel, zarur ishlar va xujjatlar uchun papka) – bu xujjatlar, ish namunalari, fotosuratlar, taqdim etilayotgan imkoniyatlarni tasavvur eta olish imkoniyatini beruvchi materiallar, mutaxassis xizmatlari toʻplami. Bu Internet orqali ish qidirishning eng qulay usuli. Portfolio buyurtmachiga oʻz mijozi bilan koʻrishmasdan, muloqot qilmasdan turib u haqida, uning kasbi va tajribasi haqida aniq va toʻliq ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda ta’lim sifatiga boʻlgan talab kundan kun oshib bormoqda. Ikkinchi tomondan esa portfolio ta’lim muassasalari rahbariyati uchun oʻqituvchilarning ish faoliyati unumdorligini monitoringini olib borish va yana ham muhim tomoni oʻqituvchilarni oʻz-oʻzini kuzatish va oʻz ustida ishlashi uchun muhim hisoblanadi. \Oʻqituvchi portfoliosi nima? Turli zamonaviy lugʻatlardagi ma’lumotlarga koʻra shuni aytish mumkinki, portfolio – bu oʻqituvchining aniq faktlar asosida yozilgan pedagogik sifati va yutuqlari hisoblanadi. Bu oʻz ichiga xujjatlar toʻplamini, kasbiy mahoratini, ta’lim muammolarini hal etish yoʻllarini va hakozalar qamrab oladi. Oʻqituvchi portfoliosi - bu jalb etish usullari, materiallarni toʻplash, oʻqituvchining professionallik darajasini namoyish etish, oʻz kasbiy faoliyatidagi masalalarni Yecha olish mahorati. Oʻqituvchi portfoliosi pedagogning tayyorgarlik darajasi hamda oʻquv va darsdan tashqari faoliyatidagi faollik darajasini koʻrsatadi. Shu bilan birga oʻqituvchi portfoliosida pedagogik-psixologik diagnostika natijalari, talabalarni mutaxassisligi boʻyicha nazorat qilish testlari qamrab oladi. Bundan tashqari portfolio oʻqituvchining individual yutuqlari, turli loyihalarda qatnashganliklari, tanlovlar, talabalarining fan olimpiadalari, musobaqalarda gʻolib boʻlganliklari qayd etib boriladi.


Download 192.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling