Maqsad
|
Goal
|
sel
|
– o’quv, ta’limiy maqsad, o’qitishdan ko’zda tutilgan olinadigan ma’lum hajmdagi bilim
|
Ta’limiy maqsad
|
Scientific aim
|
Sel obucheniya
|
-ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya;
|
Tarbiyaviy maqsad –
|
Educational goal
|
Sel vospitaniya
|
fan asoslarini o’zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g’oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o’zining shaxsiy sifatlarini, imon-e’tiqodlarini shakllantirish
|
Rivojlantiruvchi maqsad.
|
Developmental goal
|
Razvivayushaya sel
|
– ta’lim jarayoni ta’sirida shaxsning aqliy kamolotini, bilish qobiliyatini, o’zining, mehnatga bo’lgan munosabatlarini rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish natijasida o’quvchida mustaqil ishlash iste’dodi paydo bo’ladi. Uni o’ylashga o’rgatadi, ta’lim jarayonida tafakkur hukmronlik qiladi
|
Ta'lim oluvchi
|
Student
|
izuchayushiy
|
erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar sub’ekti sifatida o’ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega bo’lgan o’quvchi, talaba
|
Ta'lim beruvchi
|
Teacher
|
Prepodavatel
|
mashg’ulot mavzusi bo’yicha ko’zda tutilgan mazmunni tushuntiruvchi, o’quv jarayonida rahbarlik qiluvchi shaxs;
yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim-tarbiya berishda maxsus tayyorlangan shpxslarning mehnat faoliyatidir.
|
Ta'lim shakllari
|
Forms of education
|
Formы obrazovaniya
|
ta’limning maqsadi, vositasi, natijasi, o’rni hamda ta’lim sub’ektlari ishtirokiga ko’ra farq qiladigan dars soatlarining didaktik tavsifi. Dars, seminar mashg’uloti, amaliy mashg’ulot, o’yin, nazariy yoki amaliy mashg’ulot “dars shakli” atamasi vositasida qayd etiladi, tadqiq qilinadi, tavsiflanadi
|
Ta'lim mazmuni
|
Meaning of education
|
soderjaniye obucheniya
|
- davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilgan hamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo’yicha o’zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar
|
Metod
|
Method
|
metod
|
(grekcha-metodos so’zidan olingan bo’lib, aynan, u yoki bu narsaga, haqiqatga yo’l demakdir) maqsadga erishish usuli
|
Ta'lim metodlari
|
Educational methods
|
Metodы obrazovaniya
|
ta’lim jarayonida qo’llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui
|
Ta'lim vositalari
|
Means of education
|
Sredstva obrazovaniya
|
– ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o’quv qo’llanmalari, o’quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproyektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va sub’ektiv (o’qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar
|
Nazorat va baholash
|
Surveillance and estimation
|
Kontrol i otsenka
|
Nazorat (ta’lim jarayonida) ta’lim oluvchining bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, o’lchash;
Baholash- ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini rag’batlantirish maqsadida ta’sir ko’rsatish vositasi
-baholash ta’lim jarayoni natijalarini belgilash o’lchovi hisoblanadi.
|
Natija
|
Result
|
rezultat
|
darsda erishilgan xulosaga kelingan, o’quv jarayonidan olingan pirovard natijalar qo’lga kiritilgan maqsaddan olingan natijalar.
|
Tizim
|
System
|
sistema
|
yaxlit ta'limni, uning birligini belgilovchi bir-biri bilan qonuniy bog`liq aksariyat unsurlar (predmetlar, hodisalar, qarashlar, bilimlar va boshqalar); 2) qismlarning ma'lum bir bog`lanishlarda, harakatlarning o`ta izchillikda rejali, to`g`ri joylashish tartibi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |