O’quv-uslubiy majmua 100000–Gumanitar sоha


Rivojlangan va so’nggi o’rta asrlar moddiy madaniyati xususiyatlari


Download 1.92 Mb.
bet107/118
Sana29.01.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1140108
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118
Bog'liq
2013-2014 Arxeologiya

Rivojlangan va so’nggi o’rta asrlar moddiy madaniyati xususiyatlari. IX-X asrlardagi somoniylar hukmronligi davrida Movarounnahrning xo’jalik taraqqiyoti Yaqin va O’rta SHarqda yetakchi hisoblanardi. O’lkadagi shaharlar va qishloqlar, o’troq dehqonchilik mavzelari bilan ko’chmanchi qabilalar hududlari o’rtasidagi mahsulot ayriboshlashning kuchayib borishi karvonlar yordamidagi savdo-sotiq munosabatlarining o’sishiga, qishloq xo’jaligi, kon ishlari va hunarmandchilik sohalarining rivojlanishiga ijobiy omil bo’ldi.
Musulmon mamlakatlari orasida yetakchi o’rinlardan birini egallagan Movarounnahrda rivojlangan dehqonchilik va hunarmandchilik o’lka ehtiyojini qondiribgina qolmasdan, chetga ham juda ko’p miqdorda mahsulotlar chiqarish imkoniyatini yaratgandi. Al-Istahriyning ta’kidlashicha: «Movarounnahrning o’zida ishlab chiqariladigan moddiy boyliklar shunchalik mo’lki, bu yerning aholisi, boshqa mamlakatlardan mahsulotlar olmasdan ham o’z ehtiyojlarini qondira olardilar». Yozma manbalardagi ma’lumotlariga qaraganda, IX-XV asrlarda Zarafshon, Qashqadaryo, Xorazm vohalari, Farg’ona, Eloq, SHoshda dehqonchilik va bog’dorchilik sohalarida ma’lum bo’lgan barcha mahsulotlar yetishtirilgan, hunarmandlar esa aholi ehtiyoji uchun zarur hamma asbob-uskunalarni ishlab chiqarishga qodir bo’lganlar. Zarafshon vodiysini tasvirlagan al-Istahriy uning unumdorligiga qoyil qolib, Buxoro vohasini moviy osmon gumbazi ostiga to’shalgan va qasrlar bilan naqshlangan yam-yashil gilamga o’xshatadi. Gurganjda hunarmandchilikning barcha turlarining nihoyatda rivojlanganini ko’rgan Zakariyo Qazviniy hayratda qolganligini yozadi.

Movarounnahr iqtisodiyotining rivojlanishi shaharlarning kengayishi va ularda ichki va tashqi savdo uchun kerakli mahsulotlarni ko’plab ishlab chiqarishga sharoit yaratdi. O’lkadagi Samarqand, Buxoro, Gurganj, SHosh, Balx, Hirot, Marv, Jand, Banokat, Xarashket, O’zgan, Koson, Axsiket, O’tror, Termiz, Quva kabi shaharlar O’rta SHarqning eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlari qatoridan o’rin olgandi. Buyuk Ipak yo’lida joylashgan ushbu shaharlar o’lka iqtisodiyoti uchun muhim rol o’ynaganlar. Agar ilgari arab xalifaligi davrida karvon savdosi faqat zeb-ziynat buyumlari, serhasham va qimmatbaho mollardan, masalan; ipak va paxta tovarlarining eng yaxshi navlari, kumush va oltin idishlar, oltin, kumush va nozik toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari hamda qimmatbaho qurol-yarog’lardan iborat bo’lganligi qayd etilsa, X asrda asosiy va birinchi darajali zarur mollar qatoridan oziq-ovqat mahsulotlari, hunarmandchilik asbob-uskunalari yasash uchun kerakli bo’lgan hom-ashyo asosiy o’rinni egallay boshlagan.


Arab sayyohi al-Maqdisiyning manbalarini tahlil qilgan sharqshunos V.V.Bartold asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda, mo’g’ullar istilosi arafasida Movarounnahrning turli viloyat, shahar va qishloqlaridan chetga quyidagi mahsulotlar chiqarilgan:

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling