Ob’ektlar inspektori (nazoratchisi) oynasi.
Bu oyna ko’p sahifali bo’lib yorliqlar bilan belgilangan xossalar (Propeties) va holatlarni (Events) saqlaydi. Xossalar sahifasida ob’ektlarga tegishli xossalar,holat- lar sahifasida esa, joriy ob’ektlar javob berishi kerak bo’lgan holatlar saqlanadi.
Formalar oynasi. Oynada komponentlar (ob’ektlar) saqlanadi. Ular yordamida foydalanuvchi ish jarayonida programma bilan muloqot qiladi, ya’ni ma’lumot kiritadi va ma’lumot oladi.
d) Tahrirlovchi oynasi. Object Pascal tilida programmani (programma moduli kodini) terish va tahrirlash uchun ishlatiladi. Oyna yordamida programma mod- ullari orasida o’tishlarni bajarish ham mumkin.
Umuman olganda Delphi muhitida proektni (loyihani) yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak.
Ishlab chiqarish proektni tashkil qilishdan boshlanadi. (File\New Project).
Agar proekt mavjud bo’lsa uni ochish kerak. (File\Open Project).
Proektni to’liq (File\ Save Project) yoki uning alohida fayllarini saqlash mumkin. (File\ Save).
Proektni kompilyatsiya qilish va bajarish uchun Run\Run yoki SpeedBardagi Run tugmachasini bosib ijro etish kifoya.
Proekt bilan ish tamom bo’lganda uni yopish (File\Close Project) kerak.
Asosiy forma oynasi proektni tuzish yoki ochishda avtomatik ravishda tashkil qilinadi. Foydalanuvchi tomonidan bu oynaga kerakli komponentlar ko’chiriladi, inspektor yordamida forma xossalari aniqlanadi, holatlari belgilanadi va kod tahrir- lovchisi oynasida esa Object Pascal tilida tashkil qilingan protsedura hosil bo’ladi. Sinov savollari:
Interfeysning qaysi turlarini bilasiz?
Integrallashgan muhit nima?
Vizual texnologiya xususiyatlari nimadan iborat?
Texnologiyaning instrumental vositalarini tahlil qiling.
Delphi muhitida vizual programmalash qanday bajariladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |