Sinov savollari:
Tizimli dasturlash vazifalarini aniqlang.
Uzulish nima?
Uzulishlar qanday guruhlarga bo'linadi ?
OS, apparatura va dasturlash tili uzulishlarni ishlatishni tushuntiring
OS ning qaysi moduli uzulishlarni qayta ishlaydi
Dasturlashning qanday sohalarida uzulishlar ishlatiladi?
Aniq bir guruh (OS, apparatura, foydalanuvchi) uzulishlari haqida ma'lumot bering
[1], [2], [3], [4], [12], [19]
Ma’ruza № 9 Mavzu: Modullar kutubxonasini yaratish Reja:
Modulli programmalash asoslari
Modul interfeysi va turlari
Usulning qulayliklari
Zamonaviy tillar va modulli dasturlash
Tayanch iboralar: modul, interfeys, ob’ekt, bo’lim, abstrakt tip, modullarni boshqarish, modul spetsifikatsiyasi.
Ma’ruza bayoni
Modulli programmalash zamonaviy texnologiyalardan hisoblanadi. Katta va murakkab programma ta’minotini yaratishda avvalo uning strukturasi va kompo- nentalari orasidagi munosabatni aniqlash maqsadga muvofiq.
Struktura (tarkib) masalasini muhokama qilsak u holda quyidagi holatlarni qarab chiqishimiz kerak:
Programma yagona moduldan iborat va uni ijro etish uchun operativ xotira- ga to’liq yuklash kerak;
Programma bir nechta segmentlardan (bo’laklardan) iborat va har bir seg- ment kerakli paytda operativ xotiraga yuklanadi va ijro etiladi. i- modul o’rniga (i+1)- modul yuklanishi mumkin.
d) Programma rezident (bosh) qism va bir nechta norezident qismlardan iborat. Rezident qism ish boshlanishida xotiraga yuklanadi. Norezident qismlar esa navbat bilan ketma-ket yuklanadilar.
Shu va boshqa xususiyatlar programmaning tezkorligi va xotirani egallashiga katta ta’sir qiladi, programma modullari, kutubxonalarini yaratish jarayonida hisobga olinadi. Bu yerda bir nechta holatlar va usullar mavjud. Ularni qisqacha ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |