OYP texnologiyasi asosiy prinsiplari (xususiyatlari). Texnologiyaning negizida uchta bosh tushunchalar yotadi.
Inkapsulyatsiya (Qobiqlash). Qobiqlash ma’lumotlar to’plamini va bu to’plamni qayta ishlashga mo’ljallangan algoritmlarni (qismprogrammalarni,
ya’ni protsedura va funksiyalarni) birlashtirishdir. Natijada yangi tip- ob’ekt (object) paydo bo’ladi. OMP muhitida ma’lumotlarni ob’ekt maydonlari va qismprogrammalarni ob’ekt metodlari deymiz.
Qulayliklari:
Ob’ekt tashqi muhitdan mustaqil bo’ladi.
Ma’lumotlar va algoritmlarni modifikatsiya qilish (o’zgartirish) osonlashadi.
d) Ob’ektlar kutubxonasini yaratishga qulay sharoitlar paydo bo’ladi.
Vorislik (Meroslik, irsiylik- наследование). Tayyor ob’ektlar yordamida yangi ob’ektlar ketma- ketligini yaratish. Eski (bosh) ob’ektlarga ma’lumotlar tasvirlanishi va ularni qayta ishlash metodlari yangi ob’ektlarga “merosiy” (otadan- o’g’ilga- nevaraga) o’tishi. Ya’ni bosh ob’ektdagi may- donlar va metodlar avtomatik ravshda “otadan” “o’g’ilga” o’tadi, yangilari bilan kengaytiriladi yoki o’zgartiriladi.
Qulayliklari:
Ob’ekt xususiyatlarini o’zgartirish osonlashadi.
Masala qo’yilishida bosh (ota) ob’ektda mujassamlangan xususiyatlar keyinchalik yangi (o’g’il) ob’ektlarning xususiyatlari bilan ken- gaytiriladi.
d) Murakkab programmani qadamba- qadam ishlab chiqish sharoiti pay- do bo’ladi.
Polimorfizm (umumiylik, o’rindoshlik). Polimorfizm deb- bitta bosh (ota) ob’ektdan paydo bo’lgan qarindosh ob’ektlarning o’xshash muammolarni turlicha (o’ziga xos) usullar yordamida yechishga aytiladi. Boshqacha qilib aytganda, tasvirlangan qismprogrammalar ob’ektlar ketma- ketligida ta’sir kuchiga ega bo’lib, har bir keyingi pog’onada (bosqichda) turgan ob’ekt o’zi ustida bu qismprogrammani o’zicha qo’llashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |