O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet42/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Axloqiy madaniyat- insonning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi hamda bu tajribalardan o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z-o’zini doimiy takomillashtirib borishi kabi jihatlarni o’z ichiga oladi.
Axloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri – muomala odobi. U, mohiyatan, o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir–biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir–biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmana yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Buni deyarli har birimiz o’z shaxsiy hayotimizda boshimizdan kechirganmiz…
Muomala odobi boshqa kishilar qadr–qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy axloqiy–me’yoriy talablarni bajarishni taqozo etadi. SHuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. SHu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuxanlilik, kamsuqumlik, bosiqlik, xushfe’llilik singari axloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.
Darhaqiqat, muomala odobida muloqotning asosi bo’lmish til katta ahamiyatga ega.
Muomala odobida «siz» va «sen»ning o’z o’rnida qo’llanilishi ham ahamiyatga ega. Xususan, ota–ona, aka–opa yoki boshqa yoshi katta odamlar uchinchi shaxs bo’lganida ularga nisban birlikdagi «u» olmoshini emas, hurmatni anglatuvchi «ular» yoki «u kishi» shaklini qo’llash odobdan. M., «Otam shunday dedi» emas, «Otam shunday dedilar», «U kishi shuni xohlayaptilar» v.h.
Suhbat paytida tinimsiz harakatda bo’lib turish, qo’lni paxsa qilib gapirish yoki suxbatdoshining yoshini nazarga olmay, uni oyoqni chalkashtirib o’tirgan holda tinglash, birov jon kuydirib so’zlayotganda esnash v.b. shunga o’xshash holatlar ham muomaladagi odobsizlikni bildiradi.
Muomala odobining yana bir «ko’zgusi», bu – insoniy qarash, nigoh, so’zsiz – noverbal harakatlar. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. CHunonchi, suhbatdoshining gapini oxirigacha eshitmay, qo’l siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi so’zdan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi...
Pantomimik ifodalash usuli…
Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat qilmasdan va odob o’rgatmasdan bir–biriga ta’siri, tarbiya va o’z–o’zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovor. SHu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan. Bunda ota–onaning, mahalla–ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilish kerak. Zero, axloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.
Etiket muayyan vaziyat sharoitida qo’llaniladigan qoida-tartib, amal qilinishi shart bo’lgan axloqiy xatti-harakatdir. U odatda shaxsning tashqi madaniyatini rasmiy munosabatlarda o’zini tutish qonun-qoidalarning bajarilishini boshqaadi.
Etiketning qamrovi keng. U xalqaro miiqyosda qabul qilingan axloq normalaridan tortib to xalqimizda go’zal va betakror udumga aylangan samimiy sertakalluflikni ham o’z ichiga oladi(sharqona etiket).Ayrim hollarda namoyta. on bo’luvchi munofiqona munosabat bundan mustasno akbatta. Siyosiy arboblar etiket normalariga rioya qilmaganliklari sababli davlatlar o’rtasidagi munosabatlarga jiddiy putur etgankigi hollariga tarixdan misollar anchagina.
Adib ziyofatga taklif qilmoqlik qoidasini o’rgatishga bag’ishlangan bobda, jumladan, uzoq-yaqin qarindoshlarni, do’stlarni ziyofatga taklif qilib turish kerakligini, bunda ularning haqlariga rioya qilish muhimligini uqtiradi. Mehmonlarni ochiq yuz, shirin so’z va chiroyli xatti-harakatlar bilan kutib olish, ularga ovqat va ichimliklar tutish, kechikkanlarga ovqat berishni nazorat qilish, ular xohlagan ovqat va ichimliklardan eyishlarini ta’minlash zarurligini aytadi.
2. Axloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. CHunki inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o’z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo’ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro’y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob axloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri; uning jamiyat axloqiy hayotidagi o’rni yuksak. SHu bois kasbiy odobga bafurjaroq to’xtalish joiz.
Hozirgacha bizga ma’lum bo’lgan turkiy xalqlar yozma badiiy-falsafiy adabiyoti tarixida turli toifalar, mansablar va kasblar mazmun-mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari, rahbarlik odobi, kasbiy odobning eng nozik qirralarini: kasbiy burch, kasbiy erkinlik va kasbiy fidoiylik me’yorlarini chuqur va atroflicha ko’rsatib bergan birinchi qomusiy asar buyuk alloma YUsuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari deyilsa xato bo’lmaydi.
Axloqiy tarbiya insoniyat tarixi mobaynida ikki muhim masalaga javob izlaydi: bulardan biri – qanday yashamoq kerak, ikkinchisi – nima qilmog’–u, nima qilmaslik lozim. Ana shu savollarga javob izlash jarayoni axloqiy tarbiyaning amaliy ko’rinishidir.
Tarbiya ona qornidan boshlanadi degan gap bor. Uning asl ma’nosi, avvalo, ota–onaning o’zi axloqiy tarbiya ko’rgan bo’lishi kerak degani. Zero, qush inida ko’rganini qiladi: ota–ona oilada yuksak axloq namunasini ko’rsatishi lozim.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling