O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan
Download 200.04 Kb.
|
2. Majmua tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy fonetika
- O‘quv fanining maqsadi va vazifasi.
Tarixiy fonetika – nutq tovushlari taraqqiyoti o'zgarishi bilan bog'langan hodisalar, qonuniyatlar beriladi. Tilga xos fonetik jarayonlar tarixiy yodgorliklar orqali yoritiladi.
Triftonglar – tarkibi uch tovushdan iborat. Masalan: [av..] Transkripsiya – tovush va harf orasida nomutanosiblik bor bo’lgan tillarda ushbu yozuv muhim ahamiyat kasb etadi, undan o'qish-o'qitish ishlarida keng foydalaniladi. Qiyosiy fonetika – qardosh tillar uchun umumiy hodisa va qonuniyatlarning holati, qo'llanish miqdorlari, o'ziga xosligi qiyos qilinadi. Fan dasturi I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Xorijiy tillar bo‘yicha etuk mutaxassislarni tayyorlashda talabalarni tilning nazariy masalalari bilan tanishtirish muhim ahamiyat kasb etadi, zero filolog -mutaxassis va til ta’limi o‘qituvchisi tilshunoslik fanining nazariy asoslari bilan tanish bo‘lishi, til ilmining qonun-qoidalarini umumlashtira olishi kerak bo‘ladi. SHundan kelib chiqib, “Tilshunoslik” fani bo‘yicha tuzilgan ushbu dastur “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda tuzilgan bo‘lib, o‘quv rejada mavjud “Tilshunoslikka kirish” va “Umumiy tilshunoslik” kurslarini o‘z ichiga oladi. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi. Tilshunoslik fanining asosiy maqsadi tilshunoslik fani, uningbo‘limlari, o‘rganish ob’ekti, boshqa fanlar bilan aloqasi haqida ma’lumot berish, talabalarni tilshunoslik fanining asosiy tushunchalari, kategoriyalari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, talabalarda olingan bilimlarni amalda qo‘llay olish malakasini shakllantirish kabivazifalarni hal etishni taqozo qiladi. Ushbu fanning vazifalari til va jamiyat, til tizimi va tuzilishi, uning sathlari, birliklari va ularning namoyon bo‘lish q onuniyatlari,tilshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi, dunyo tillarining klassifikatsiyasi haqida nazariy bilimlar berishdan iboratdir. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba: ~ tilning paydo bo‘lishi haqidagi farazlar; ~ til sathlari va tilshunoslik bo‘limlari; ~ dunyo tillari va ularning tasnifi; ~ tilshunoslik tarixi va tilshunos olimlar; ~ tilshunoslik metodlari; ~ tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari to‘g‘risida etarli darajada bilimga ega bo‘lishi; ~ tilshunoslik va tilshunoslik tarixi to‘g‘risida keng bilimni egallay olish; ~ O‘zbekiston va xorijiy davlatlarda nashr qilingan ilmiy adabiyotlar bilan ishlash; ~ o‘rganilayotgan chet tilidan ona tilisi xususiyatlarini ajrata olish; ~ tilshunos olimlar ta’limotlarini tahlil qila olish; ~ turli tillarni oila va guruhlarga tasniflay olish; ~ zamonaviy tilshunoslik masalalarini tushuna olish malakasiga ega bo‘lishi; ~ chet tili o‘rganish amaliyotida nazariy bilimlarni qo‘llash; ~ tilshunoslik bo‘yicha ilmiy izlanishlarga kasbiy nuqtai nazardan qarash; ~ dunyo tilshunosligida ro‘y berayotgan jarayonlarni o‘zaro bog‘liqlik nuqtai-nazaridan tahlil qilish; ~ tillardagi umumiy va xususiy belgilar haqidagi tushunchalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Download 200.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling