O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan


Arxaizm (yun.)-ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi (so’z, frazeologizm va b.). Affiks


Download 200.04 Kb.
bet26/41
Sana12.03.2023
Hajmi200.04 Kb.
#1264566
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41
Bog'liq
2. Majmua tilshunoslik

Arxaizm (yun.)-ma’lum davr uchun eskirgan, iste’moldan chiqa boshlagan til birligi (so’z, frazeologizm va b.).
Affiks (lot.)-qo’shimcha.
Assimilyatsiya – qator kelgan nutq tovushlarining bir-biriga ta'sir qilib o'ziga moslashtirishidir.Progressiv assimilyatsiya - aytdi-aytti, yurakga-yurakka.Regressiv assimilyatsiya – yigitcha-yigichcha, tuzsiz-tussiz.
Dissimilatsiya – ikki o'xshash tovushning o'rin almashinuvi. Progressiv dissimilyatsiya: birorta-bironta. Regressiv dissimilyatsiya – ittifoq-intifoq
Eksperimental fonetika – nutq tovushlari artikulyatsiyasidagi havo tebranishi, tebranish miqdori sarflangan vaqt, oberton qanday yuzaga chiqishi kabilar ma'lum texnik apparatlar vositasida aniqlanadi va shu asosda fonetik qonuniyatlar bo'g’in, urg'u, intonatsion xususiyatlar aniqlanadi.
Fraza – nutqning yagona intonasiyaga ega o'zaro to'la pauza bilan ajraluvchi qismi.
Fonetik transkripsiya – talaffuzni aniq ifodalashga xizmat qiladi va xorijiy tillar lug'atida keng qo'llaniladi. Har bir talaffuz qilingan tovushni aks ettirish fonetik transkripsiyaning asosiy vazifasidir. Transkripsiya har qanday alfavitga asoslangan bo'lishi mumkin. Ba'zi maxsus tovushlarni belgilash uchun esa diakritik belgilardan, boshqa alifbelardan qo'shimcha belgilar olishdan, mavjud belgilarni teskari yozish yo'lidan foydalaniladi. Fonetik transkripsiya chet tilini o'rganishda muhim ahamiyatga ega..
Fonematik transkripsiya – Grammatika kitoblarida misollarning morfologik strukturasini ko'rsatish uchun ko'proq ishlatiladi, chunki bunday hollarda so’z talaffuzidan ko'ra so’z tarkibi ahamiyatlidir; mazkur transkripsiya asosan fonemalarni qanday o'rinda ishlatilgan bo'lishidan qat'i nazar, doim bir xil belgi bilan ko'rsatishdir.
Flektiv tillar –o’zak morfema va affiksal morfema chegarasini ajratish qiyin bo’lgan tillar.
Unga xos belgilar:

  • bir affiks bir necha ma’noni beradi

  • affiks bir vaqtda ham shaxs, zamon va sonni ko'rsatishi mumkin.

  • affiks bir necha variantga ega bo'lishi mumkin

  • o'zak va negizga affikslar qo'shilganda tovushlar almashinuvi kuzatilishi mumkin.

  • o'zak va negiz, negiz va grammatik affikslar o'rtasidagi chegarani belgilash qiyinchilik tug'diradi.

Fonetika – tilshunoslikning nutq tovushlari, ularning hosil bo'lishi, tiplari, tovushlar o'zgarishi, bo'g'inlar, ularning tuzilishi tiplari, strukturasi; urg'u, urg'u tiplari va intonatsiya haqidagi tarmog'idir.

Download 200.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling