Vulgarizm (lot.)- dag’al so’z.
Grammatika (yun.)-tilshunoslikning so’z shakllari (shakl yasalishi), so’z birikmalarining turlari, gap turlari (tilning grammatik qurilishi) haqidagi bo’limi.
Grammatik ma’no - so’zning shakliy qismi grammatik shakli ifodalaydigan ma’no.
Grafika (yun.)-nutq tovushlarini yozib ifodalash vositalarining muayyan tuzilishi.
Dialekt (yun.)-umumxalq tilining ma’lum bir hududda qo’llanadigan ko’rinishi.
Dialog (yun.)- suhbatdoshlarning bevosita bir-biriga qaratilgan nutqi.
Jargon (fr.)- biror guruh vakillarining o’z nutqi bilan ko’pchilikdan ajralib turish maqsadida o’zgacha ma’noda qo’llaydigan so’z va iboralar.
Leksema (yun.)- tilning lug’at tarkibiga xos birlik; til qurilishining lug’aviy ma’no anglatuvchi birligi.
Leksik ma’no- so’zning material qismi (leksema) bildiradigan ma’no; lug’aviy ma’no.
Lingvistika - tilshunoslik.
Morfema (yun.)- tilning ma’noli, boshqa ma’noli qismlarga bo’linmaydigan eng kichik birligi. Morfema ikki xil bo’ladi: 1) o’zak (so’z) morfema; 2) affiksal morfema (qo’shimcha morfema).
Morfemika-morfemalarning mohiyati, tuzilishi, turlari haqidagi bo’lim, ta’limot.
Morfologiya (yun.)-grammatik ma’no so’z shakllari, so’z turkumlari haqidagi grammatik ta’limot.
Neologizm (yun.)- yangi so’z, iboralar. Neologizmlar – taraqqiyotni jadallashtirishga aloqador tushunchalarni belgilash maqsadida yaratilgan yangi, hali o'zlashib ketmagan so'zlardir.
Numerativ-hisob so’zlari.
Nutq tovushi – o'pkadan kelayotgan havoning nutq organiga urilishidan hosil bo'lgan tebranish.
Olinma so’z - o’zlashma so’z.
Singarmonizm – unli tovushlarning moslashuvi, ohangdoshligi, uyg'unligi demakdir. Bu hodisa faqat turkiy tillarda uchraydi.
Tavsifiy fonetika – nutq tovushlari, ularning xususiyati va xarakteri qayd etiladi. Fonetikaning sillabika, akustika, intonasiya, tovush o'zlgarishi va uning qonuniyatlari haqida ma'lumot beriladigan sohasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |