O’quv-uslubiy qo`llanma Qo’qon – 2014 I. Po’latov, S. Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi. Qo’qon, 2014. 32 bet. Annotatsiya


Download 345 Kb.
bet16/24
Sana25.02.2023
Hajmi345 Kb.
#1227463
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
21. ”Quvnoq ekspress” o’yini

Dars o’tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim-tarbiya samaradorligiga, eng muhimi, o’quvchilar mustaqil fikrining shakllanishiga xizmat qilayotganligi kuzatilmoqda. Dars jarayonida turli xil o’yinlardan foydalanish orqali ham o’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga va ta’lim samaradorligiga erishadi, shu bilan o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlari yanada ortadi. Didaktik o’yinlar darsda barcha o’quvchilarni faol bo’lishga undaydi. Shunday o’yinlardan biri “Quvnoq ekspress” o’yini bo’lib, bu o’yin o’quvchilarni erkin fikrlashga, puxta bilimga ega bo’lishga undaydigan o’yinlardan biridir. Ushbu o’yinni 8-sinfda yordamchi so’z turkumlari bo’yicha mustahkamlash darslari misolida ko’rib o’tamiz1.


Dars avvalida o’qituvchi o’yinni o’tkazish tartibini o’quvchilarga tushuntirib o’tadi. O’qituvchi dars “Zakiylik va zehnlilik”, “O’yla, izla, top”, “Sirli mashq”, “Test savollari” bekatlaridan iborat ekanligini e’lon qiladi va sinf o’quvchilarini 3 guruhga ajratadi. Mashg’ulot o’yin-musobaqa tarzida olib boriladi. O’quvchilar “Quvnoq ekspress”ga yetib borishlari uchun bir necha shartlardan iborat bekatlardagi topshiriqlarni bajarishlari kerak bo’ladi. Guruhlar topshiriqlarni qanday bajarishlariga qarab ball oladilar.
1. “Zakiylik va zehnlilik” bekati. Bu bekatda darslikdagi 12-mashq bajariladi.
Har uch guruh uchun parta ustiga yordamchi so’z turkumlari aralash holatda berilgan bo’ladi. Bu so’zlar orasidan 1-guruh bog’lovchilarni, 2-guruh ko’makchilarini, 3-guruh yuklamalarni topib doskaga yozishlari kerak bo’ladi. Topshiriq quyidagicha bajariladi.



1-guruh

2-guruh

3-guruh

va
hamda
na, na ...

uchun
orqali
haqida ...

xuddi
nahotki
faqat ...

Topshiriq bajarib bo’lingach, doskadagi so’zlarni o’qituvchi tahlil qilib ballarni e’lon qiladi. Shundan so’ng 2-bekatga o’tiladi.2-bekat “O’yla, izla, top”.


Bu bekatda darslikdagi 13-mashq shartiga asosan yordamchi so’z turkumlariga misollar topish bo’yicha topqirlar bellashuvi o’tkaziladi. Qaysi bir guruh faol, chaqqon bo’lsa ham ko’p misollar topishga qarab o’qituvchi guruhlarni baholaydi va keyingi 3-bekat “Sirli mashq” bekati ekanligini aytadi.
“Sirli mashq”. Bu bekatda o’quvchilar 14-mashqni yozma bajaradilar. Mashq shartini o’qituvchi o’quvchilarga o’qib tushuntiradi. 1- guruh bog’lovchilar ishtirok etgan gaplarni, 2- guruh ko’makchilar ishtirok etgan gaplarni, 3-guruh yuklamalar ishtirok etgan gaplarni ko’chirib daftarga yozadilar. O’quvchilarning yozma savodxonligini va guruhlar shartni qay darajada bajarganliklarini tekshirish uchun o’qituvchi har bir guruhdan bittadan o’quvchini doskaga taklif qiladi. Guruh vakillari ko’chirib yozgan gaplarni doskaga yozadilar.
1-guruh: Qo’rqoq do’st dushmandan xavflidir, chunki dushmandan ehtiyot bo’lasan, ammo do’stga ishonasan.
2-guruh: Ish bilan ovora bo’lib, kuning o’tganini ham bilmay qolasan kishi.
3-guruh. Bizni porloq kelajakka mustaqillik yo’ligina elitadi.
4-guruh. “Test savollari” bekati. Bu bekatdan o’tish uchun har bir guruhga test topshiriqlari tarqatiladi. O’qituvchi testlarni o’zi tushunarli qilib o’qib beradi.
1-guruhga:
1. Sof ko’makchilar to’g’ri berilgan qatorni toping:
A) qarab, qaraganda, ko’ra S) sari, bilan, oldida
B) ostida, yonida, qoshida D) qadar, haqida, uzra
2. Yoshlarimiz bilimdon, negaki ularning bilim olishi uchun mamlakatimizda keng imkoniyatlar yaratilgan. Ushbu gapda bog’lovchining qaysi turi ishtirok etgan?
A) teng bog’lovchi S) shart bog’lovchi
B) aniqlov bog’lovchisi D) sabab bog’lovchisi
2-guruhga:
1. Men-ku bu haqida o’ylab ko’rdim. Siz-chi? Ushbu gapda yuklamaning qaysi turi ishlatilgan?
A) kuchaytiruv: ta’kid, so’roq yuklamalari S) ayiruv-chegaralov yuklamalari
B) so’roq: taajjub yuklamalari D) so’roq yuklamalari
2. Teng bog’lovchilar to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping.
A) ammo, bilan, yo, yo S) agar, garchi, mabodo
B) ya’ni, goh, va D) biroq, chunki, negaki
3-guruhga:
1. Ot, olmosh, harakat nomi va sifatdoshlardan keyin kelib, ularni hokim so’zga bog’lash uchun xizmat qiluvchi so’zlar ... hisoblanadi.
A) bog’lovchi S) yuklama
B) ko’makchi D) modal so’z
2. So’zga qo’shib yoziluvchi qo’shimcha yuklamalar qatorini belgilang.
A) –mi, -chi, -a S) –da, -ku, -u
B) –oq (-yoq) –gina (-kina, -qina) D) –chi, -yu, -a
Guruhlar bir-birlarining test topshiriqlariga berilgan javoblarni almashgan holda tekshirib chiqadilar. Natijada o’qituvchi tomonidan kuzatib borilganligi uchun o’qituvchi gurug’larni baholaydi. Dars so’nggida guruhlar to’plagan ballar hisoblab chiqiladi va g’olib guruh aniqlanadi.
“Quvnoq ekspress)ga yuqori ball bilan yetib bogan o’quvchilar turli xil daftar, ruchka, kitoblar bilan taqdirlanishlari mumkin.
Ona tili darslarida bunday usullarni qo’llash, o’quvchilarda nutqiy ko’nikmalarni mustaqil ravishda takomillashtirish, ularni ona tili darslariga bo’lgan qiziqishlarini oshirish imkonini beradi.



Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling