O’quv-uslubiy qo`llanma Qo’qon – 2014 I. Po’latov, S. Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi. Qo’qon, 2014. 32 bet. Annotatsiya
Download 345 Kb.
|
26. “Juftini bilasizmi” o’yini
Bu o’yin o’quvchini tez fikrlashga, topqirlikka undaydi. O’yinni amalga oshirish uchun o’quvchilarga biror bir til sathida oid birliklarning ma’lum qismi beriladi. O’quvchilar esa uni to’plashi lozim bo’ladi. Mazkur o’yindan tilning barcha sathlarida foydalanish mumkin. Fonetika bo’limida o’quvchilar jarangli va jarangsiz undoshlar haqida bilimga ega bo’ladilar. Ma’lumki, yettita jarangsiz undosh yettita jarangli juftiga ega. Bularni yoddan bilishning ahamiyati katta. Chunki bu o’quvchi savodxonligining asoslaridan biridir. O’qituvchi o’quvchilarga jarangli - jarangsiz undoshlarga oid bilimlar hosil bo’lgan shu o’yinni o’tkazishi mumkin. O’quvchilarga undoshlar berilgan holatda ulardan jarangli yoki jarangsiz juftini topilishini talab qilinadi. Berilgan jarangli undoshlarning juftlarini toping: v, d, g, (f, t, k) Berilgan jarangsiz undoshlarning juftini toping: s, d, f (z, t, v) O’quvchilarga jarangli-jarangsiz undoshlar xato qo’llangan so’zlar beriladi. O’quvchilar so’z tarkibidagi xato qo’llangan undoshlarning juftini topib yozishlari kerak: kitop – kitob, taptish – taftish, bunyotkor – bunyodkor, tussiz – tuzsiz, to’g’ – toq, o’rig – o’rik, shavqat – shafqat. O’yin musobaqa tarzida ikki o’quvchi orasida yoki guruhlar o’rtasida o’tkazilishi mumkin. Leksikologiya bo’limida ham bu o’yinni o’tkazish imkoniyati katta. Bundan paronim va antonim so’zlarni o’rganish jarayonirda qo’llash maqsadga muvofiq, chunki har doim bu so’zlar ikki qismdan iborat bo’ladi. Berilgan so’zlarning paronim juftini toping. Kafe - amr - kafe –kofe amr – amir Afzal - devon - afzal – afzal devon – dovon Razm - bob - razm – ramz bob – bor Sada - tup - sada – sado tup – to’p Daha - daha – daho Quyidagi berilgan so’zlarning antonim juftini toping: Oz - oz – ko’p Eski - eski – yangi Mehnatsevar - mehnatsevar – dangasa Kelmoq - kelmoq – ketmoq Bormoq - bormoq – ketmoq Urush - urush – tinchlik Ozg’in - ozg’in – semiz Kecha - kecha – kunduz 6-sinfda so’z turkumlarini o’rganishda ham bu o’yindan foydalanish imkoniyati bor. Masalan, fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari mavzusida o’quvchilar qo’shma, juft va takroriy fe’llar bilan tanishadilar. Qo’shma fe’llar ot + fe’l, fe’l + fe’l kabi ko’rinishlarda hosil bo’ladi. O’quvchilarning shunday bilimga ega ekanligini o’rganish maqsadida quyidagi topshiriq beriladi: E’lon ta’zim milt – milt Qabul borib kirib Olib bayon bir Bajarilishi: E’lon qilmoq ta’zim qilmoq milt-milt qilmoq Qabul qilmoq borib kelmoq kirib chiqmoq Olib kelmoq bayon qilmoq bir bo’lmoq Juft va takroriy fe’llarga oid ham shunday topshiriqlar beriladi: Berilgan so’zlarni juftini topib, juft va takroriy fe’llar hosil qiling: Bajarilishi: O’ynab - o’ynab-kulib yayrab - yayrab-yashnab qochdi - qochdi-ketdi aytdi - aytdi-qo’ydi qo’llab - qo’llab-quvvatlamoq o’ylab - o’ylab-o’ylab gapira - gapira-gapira yig’lay - yig’lay-yig’lay “Juftini bilasizmi?” o’yinidan qolgan so’z turkumlarini o’rganishda ham, sintaktik bo’limlarni mustahkamlashda ham foydalanish mumkin. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling