27. “Sizdan ugina, bizdan bugina” o’yini
Ushbu o’yin guruhlar o’rtasida o’tkazishga mo’ljallangan. O’yinini turli mavzularda, turli maqsadlarda o’tkazish mumkin. Masalan, iboralar haqida tushuncha berilgandan so’ng o’quvchilar ikki guruhga bo’linadi. 1-guruh ibora aytsa, ikkinchi guruh uning ma’nosini izohlaydi. O’yin aksincha bo’lishi ham mumkin, ya’ni birinchi guruh iboraga mos ma’noni aytadi, 2-guruh shu ma’noga mos keladigan ibora topadi.
1-shart bo’yicha o’tkazilishi:
1-guruh 2-guruh
Tepa sochi tikka bo’ldi jahli chiqdi
Tilning uchida turibdi eslay olmayapti
Yuragi tor injiq
Boshi ko’kka yetdi xursand bo’ldi
2-shart bo’yicha bajariladi:
1-guruh 2-guruh
Gapirmadi lom – mim demadi
Xafa ta’bi tirriq
Xafa bo’ldi, bo’shashdi tarvuzi qo’ltig’idan tushdi
Bopladi kovushini to’g’irlab qo’ydi
Xursand og’zi qulog’ida
“Tasviriy ifoda” mavzusini o’rganishda ham bu o’yin shu tartibda bajariladi:
1-guruh 2-guruh
Dala malikasi makkajo’xori
Oq oltin paxta
Kumush tola pilla
Charm qo’lqop ustalari boksyorlar
Tilga oid hodisalarni o’rganishda turli xil maqsadlarda foydalaniladi. O’quvchining zehnini sinash, topqirlikka undash maqsadida shu o’yinni o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi, masalan 1-guruh maqolnui boshlaydi, 2-guruh esa uni davom ettiradi. Maqol topa olmay qolgan guruh yoki maqolni davom ettirolmagan guruh yutqizadi.
1-guruh 2-guruh
Aqlli uzoqni ko’zlar, aqlsiz yaqinni.
To’g’ri oshini yeydi, egri boshini.
O’qigan o’zar, o’qimagan to’zar.
Qo’shma gaplarga oid nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash paytida bu o’yindan foydalanish mumkin. Buning uchun 1-guruh qo’shma gapning birinchi qismini aytsa, ikkinchi guruh uni davom ettirib, gapni yakunlaydi.
1-guruh 2-guruh
Bahor keldi va dalalarda ishlar boshlandi.
Quyosh chiqdi va borliq nurga to’ldi.
Osmon tiniq, havo beg’ubor.
Quyosh chiqib turgan bo’lsa ham havo sovuq edi.
Men shuni angladimki, siz kelgansiz.
Mazkur o’yindan boshqa mavzularni ham o’rganishda foydalanish mumkin. Faqat o’yinni to’g’ri tashkil qilinishini e’tiborga olish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |