O’quv-uslubiy qo`llanma Qo’qon – 2014 I. Po’latov, S. Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi. Qo’qon, 2014. 32 bet. Annotatsiya


Download 345 Kb.
bet23/24
Sana25.02.2023
Hajmi345 Kb.
#1227463
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
29. “Koptok kimniki” o’yini

Bu o’yin o’tilgan mavzuga oid bilimlarni mustahkamlashda ham, yangi mavzuga oid bilimlarni sinash jarayonida ham o’tkazilishi mumkin. O’yinni o’tkazish tartibi quyidagicha bo’ladi. Sinf xonasiga oldin koptok olib kirilgan bo’lib, o’qituvchi yoki biror o’quvchi koptokni qo’liga olib, mavzuga doir biror savolni aytadi va koptokni sinfdagi biror o’quvchiga uloqtiradi. Koptokni olgan o’quvchi savolga javob beradi va o’zi savol aytib, uning javobini aytishi uchun boshqa bir o’quvchiga koptokni oshiradi. Koptokni olgan o’quvchi ishni yuqoridagi tartibda bajarib, uni boshqa o’quvchiga oshiradi. O’yin shu ketma-ketlikda davom etadi va yakunlanadi. Koptokni ilib olgan o’quvchi ikkita vazifani bajaradi.:



  1. Berilgan savolga javob beradi.

  2. O’zi savol tuzib, koptokni boshqa o’quvchiga oshiradi.

O’yinning muhim ahamiyati shundaki, koptokni ilib olish va savolga
javob berish, savol tuzib boshqa o’quvchiga oshirish jarayoni o’quvchidan topqirlikni, sezgirlikni, zukkolikni talab qiladi. Shu bilan birga o’yin davomida o’quvchilar ma’lum darajada dam oladilar va keyingi ish turlari uchun kuch to’playdilar.


Foydalanilgan adabiyotlar.



  1. Isamitdinov S. Ta’lim jarayonida innovatsion usullardan foydalanish. Toshkent, 2005 – 16 bet.

  2. Po`latov I.P., Odilov S. O`zbek tili ta’limidagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion metodlar (ilmiy-uslubiy qo`llanma). Qo`qon, 2004 – 39 bet.

  3. Po`latov I.P., Umarov J. Ona tili darslarida innovatsion metodlardan foydalanish (ilmiy-uslubiy qo`llanma). Qo`qon, 2005 – 22 bet.

  4. Po`latov I. Ona tili ta’limida innovatsion o`yinlar.//Pedagogik ta’lim (ilmiy nazariy va metodik jurnal) Toshkent, Nizomiy nomidagi ToshDPU, 2005-yil, №2. – 71-75-betlar.

  5. Xolnazarov N. Innovatsion usullar.//Farg`ona ziyosi (ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy nashr) Farg`ona, 2005-yil, №4 – 8-9-betlar.

  6. Po’latov I.P., Odilov S.A. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining ona tili darslarida innovatsion o’yinlar. (ilmiy-uslubiy qo’llanma). Toshkent, Respublika ta’lim markazi, 2005-yil. – 24 bet.

  7. Ahmedova H. O’zbek tili o’qitishning zamonaviy texnologiyalari. Toshkent, “Tafakkur” nashriyoti, 2012-yil. – 96 bet.



MUNDARIJA

Muqaddima. 1-11-o’yinlar (I.P.Po’latov) ……………………………………..3-10


12-29-o’yinlar (S.A.Odilov) …………………………………………………..10-29
Foydalanilgan adabiyotlar ………………………………………………………30
Isroiljon Po’latov, Sotiboldi Odilov

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling