O’quv-uslubiy qo`llanma Qo’qon – 2014 I. Po’latov, S. Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi. Qo’qon, 2014. 32 bet. Annotatsiya


Download 345 Kb.
bet12/24
Sana25.02.2023
Hajmi345 Kb.
#1227463
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
16. "Parashyutdan sakrash" o`yini

Ushbu o`yinni yangi mavzuni mustahkamlash, takrorlash – mustahkamlash darslarida qo`llash mumkin. "Parashyutdan sakrash" o`yini uchun magnitli doska, qalin qog`ozdan yasalgan parashyutlar va topshiriqqa muvofiq gap yoki so`zlar yozilgan qog`ozlar kerak bo`ladi. Berilgan topshiriqqa muvofiq so`zlarning javobi parashyutlarning pastki qismiga yoziladi. Parashyutlar soni varaqlar soniga teng bo`ladi.


“Sifatning ma’noviy guruhlari” mavzusini o`tishda yoki ma’noviy guruhlar o`rganib bo`lingach, takrorlash va mustahkamlash darslarida parashyutdan sakrash o`yinini quyidagicha tashkil etish mumkin. Doskaning yuqori qismiga parashyutlar, parashyutlarning ostki qismiga sifatning ma’noviy guruhlari nomi yozib qo`yiladi. Doskaning pastki qismiga esa sifat ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan varaqlar yopishtiriladi. Bu o`yinda ishtirok etuvchi o`quvchilar sifatning ma’noviy guruhiga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`ozni o`sha so`z mansub bo`lgan guruh nomi yozilgan parashyut to`g`risiga yoki pastiga qo`yishlari kerak. O`yin aksincha tashkil etilishi mumkin, ya’ni sifat ma’noviy guruhi nomi yozilgan parashyutni, shu guruhga kiruvchi so`zlar yozilgan qog`oz oldiga yopishtirilishi ham mumkin. Qolgan o`quvchilar javoblar to`g`riligini kuzatib borishadi. Agar o`quvchi parashyutlar to`g`risiga, shu parashyutga tegishli bo`lgan so`zlar yozilgan qog`ozni to`g`ri joylashtira olsa, parashyutdan sakragan hisoblanadi va o`qituvchi tomonidan rag`batlantiriladi. Bu o`yin juda qiziqarli bo`lib, o`quvchilarning darsga bo`lgan qiziqishini va faolligini oshiradi. O`yinga xos kerakli jihozlarni va ularning to`g`ri bajarilish holatini chizmada quyidagicha ko`rsatish mumkin.






















Ma’za-ta’m
sifatlari




shirin, achchiq, nordon, taxir




Miqdor sifatlari




ko`p, mo`l,
oz




















Hid bildiruvchi sifatlar




muattar, qo`lansa




Holat bildiruvchi sifatlar




xursand, ho`l, issiq





















Shakl bildiruvchi sifatlar




baland, do`mboq, uzun




Rang-tus bildiruvchi sifatlar




Qo`ng`ir, oq, qizil, yashil, ko`k





















Xarakter-xususiyat bildiruvchi sifatlar




sodda, quvnoq, sho`x, kamtar













“Parashyutdan sakrash o`yini”ni “Fe’lning ma’noviy guruhlari”, “Otlarning ma’noviy guruhlari”, “Yuklamalar” mavzularini o`rganishda ham qo`llash mumkin.





Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling