O’quv-uslubiy qo`llanma Qo’qon – 2014 I. Po’latov, S. Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi. Qo’qon, 2014. 32 bet. Annotatsiya


Download 345 Kb.
bet14/24
Sana25.02.2023
Hajmi345 Kb.
#1227463
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
18. "Juftini toping" o`yini

Bu o`yin ijodkorlikka undovchi o`yinlardan bo`lib, undan yangi mavzuni mustahkamlashda, takrorlash va mustahkamlash darslarida foydalanish mumkin.


5 – sinfda "Morfologiya" bo`limining "So`zlarning tuzilish jihatdan turlari" mavzusi o`rganiladi. So`zlar tuzilish jihatdan sodda, qo`shma, juft va takroriy so`zlarga bo`linadi. “Qo`shma so`zlar” mavzusi o`rganilganda, shu o`yindan foydalanish yaxshi samara beradi. O`yin quyidagi tartibda o`tkaziladi. Sinf o`quvchilari beshta kichik guruhga bo`linadi. Har bir guruhga qo`shma so`zlarning bir qismi beriladi va ikkinchi qismini topish topshiriladi. O`quvchilarga bitta yoki bir nechta so`z berilishi mumkin. Agar bitta so`z berilib, shu so`zdan bir necha qo`shma so`zlar hosil qilish topshirilsa, o`quvchilar ko`proq izlanadilar. O`yin ikki bosqichda o`tkaziladi. Birinchi bosqichda qo`shma so`zning birinchi qismi berilib, undan qo`shma so`zlar hosil qilinadi. Guruh a’zolari topshiriqni quyidagi tartibda bajaradilar.



"Tengdosh"

"Yog`du"

"Tafakkur"

"Umid"

"Nihol"

gul
gulbeor
gulbahor
gulbog`
gulqaychi
gultojixo`roz

ko`z
ko`zoynak
ko`zmunchoq
ko`zbo`yamachi
ko`zboyloqchi

qora
qorabayir
qorabotir
qoramol
qorakuya

oq
oqsaroy
oqtepa
oqqo`rg`on
oqsoqol

bir
bir mahal
bir oz
bir ma’noli
bir necha

G
22 3


uruhlar topshiriqni o`z o`rinlarida yoki yozuv taxtasida bajarishlari mumkin. O`qituvchi guruhlarning javoblarini ko`rib chiqadi va o`z munosabatini bildiradi. O`yinning ikkinchi bosqichida qo`shma so`zlarning ikkinchi qismi beriladi va undan qo`shma so`zlar hosil qilish topshiriladi. Bu bosqichda topshiriq murakkabroq bo`lib, guruh a’zolarini ko`proq fikrlashga, izlanishga va o`zaro maslahatlashishga undaydi. O`quvchilar berilgan so`z ishtirokida qo`shma so`zlar hosil qiladilar.



"Tengdosh"

"Yog`du"

"Tafakkur"

"Umid"

"Nihol"

gul
qoqigul
karnaygul
pechakgul

kelmoq
olib kelmoq
borib kelmoq
ko`rib kelmoq

qilmoq
qabul qilmoq
e’lon qilmoq
ta’zim qilmoq

rang
havo rang
jigar rang
bug`doy rang

suv
oqsuv
qorasuv
yettisuv

O`quvchilar shu tartibda o`yinda ishtirok etib, berilgan so`zlarning juftini topadilar va qo`shma so`zlar hosil qiladilar. Bu o`yin o`quvchilarning o`rganilayotgan mavzuni yaxshiroq yodda saqlab qolishlariga yordam beradi, ularning ijodiy tafakkurini o`stiradi. "Juftini toping" o`yinidan "Juft so`zlar", "Antonim so`zlar", "Paronimlar" mavzularini o`rganishda ham foydalanish mumkin.





Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling