O’quv-uslubiy qo`llanma Qo’qon – 2014 I. Po’latov, S. Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi. Qo’qon, 2014. 32 bet. Annotatsiya


Download 345 Kb.
bet15/24
Sana25.02.2023
Hajmi345 Kb.
#1227463
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
19. “5*5” o`yini

Bu o`yinni tilning barcha sathlarida qo`llash mumkin. Shuningdek, leksikologiya bo`limini o`rganishda qo`llasa bo`ladi. Bu o`yin 5 ta shartdan tashkil topgan bo`lib, shartlar quyidagicha bo`lishi mumkin:


1-shart. “Kim chaqqon” deb nomlanib. har bir guruhdan bir o`quvchi chiqib,doskada zid ma’noli so`zlar topshirig`ini bajaradi. To`g`ri va chaqqonlik bilan yozgan guruh g`olib hisoblanadi.
2-shart. Guruhlardan keyingi ishtirokchi chiqib, mana shu so`zlar qatnashgan gap tuzish topshirig`ini bajaradi.
3-shart. Ishtirokchilar zid ma’noli so`zlardan bog`li matn tuzish topshirig`ini bajaradilar.
4-shart. Zid ma’noli so`zlar qatnashgan gap tuzish, maqollar aytish topshirig`i bajariladi.
5-shart. Adabiyotda zid ma’noli so`zlar qanday san’atni hosil qilishi mumkinligi aytiladi va misollar keltiriladi.


20. “O`yla, izla, top”

Bu o`yin sinonim va omonimlar uchun qo`llansa, ko`proq o`rinli bo`ladi. Bu mavzulardan tashqari, o`zakdosh so`zlar, atamalar, tarixiy, olinma, uyadosh so`zlar mavzularini o`tganda ham qo`llasa bo`ladi. Bu o`yin o`quvchilarni topqirlikka, chaqqonlikka o`rgatadi va eng asosiysi, ularning darsga bo`lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi.


Masalan: Sinonim so`zlar mavzusi o`tilganda o`quvchilarga jadval berilib, unda bir sinonim so`zning ma’nodoshlarini topish topshirig`i beriladi.



j

a

n

m

yu

a

m

b

t

o

a

t

yo

m

o

l

z

f

t

a

m

a

r

a

s

o

t

u

r

q

o

r

ch

e

h

n

x

u

n

b

s

i

l

a

z

o

r

a

Yuqoridagi jadvalda jamol, yuz, aft, turq, oraz, chehra so`zlari yashiringan.





Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling