O’quv-uslubiy qo`llanma Qo’qon – 2014 I. Po’latov, S. Odilov. Ona tili ta’limida didaktik o’yinlar texnologiyasi. Qo’qon, 2014. 32 bet. Annotatsiya
Download 345 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Popurri yoki ijodiy mashqlar
Mening vaqt pirogim
Bu o`yin ham rag`batlantiruvchi o`yinlardandir. O`yinni o`tkazishdan maqsad: o`z faoliyatini nazorat qilish va shaxsiy ma’lumotlar bilan fikr almashishni rag`batlantirish; o`z kun tartibini to`g`ri rejalashtirishda sinf o`quvchilarining qo`llab-quvvatlashlaridan foydalanish. Bu o`yinni o`tkazish uchun 12-15 minut vaqt ajratiladi. Kichik guruhlar 4-6 o`quvchidan oshmasligi kerak. O`qituvchi o`yin shartlarini tushuntiradi: men sizlarga hozir bir varaqdan qog`oz va bir nechtadan rangli qalamlar tarqataman. O`z kun tartibingizni pirog shaklida chizing. Masalan:
Ikkinchi pirogni ham chizing. Unda kun tartibingiz qanday bo`lishini xohlashingiz aks etsin.
Popurri yoki ijodiy mashqlar Bu o`yin ijodkorlikka da’vat etuvchi o`yinlardandir. O`yinni o`tkazishdan maqsad: tasavvurni o`stirishga da’vat etish; guruh bo`lib ishlashdagi zerikarli bir xillikni o`zgartirish. Kichik ijodiy guruh a’zolari 8 o`quvchidan oshmasligi kerak. O`yin uchun 10 minut vaqt ajratiladi. O`yinni o`tkazish uchun tavsiyalar: Guruh a’zolari davra qurib o`tiradilar. Sinf derazasiga yaqin o`tirgan o`quvchi o`z tasavvurida tug`ilgan qisqa jumlani aytadi (1-2 gapdan oshmasin). Masalan: Kuz keldi. Daraxtlarning bargi sarg`aymoqda. Navbatdagi o`quvchi uzoq o`ylamasdan bog`li matn tuzishni davom ettiradi. Guruh a’zolari mavzu bo`yicha bog`li matn tuzishda assotsiatsiya, kontrast va alternativ holatlarni hisobga oladilar. Har bir qatnashchi 2-3 jumladan qo`shib, matn tuzishda qatnashadi. So`ngra guruh a’zolari mashq natijalarini muhokama etadilar. Muhokamani sinf eshigiga yaqin o`tirgan qatnashchi boshlab beradi. Uning chap tomonidagi o`quvchi muhokamani davom ettiradi (Mavzu: “Kuz”. Tayanch tushunchalar: hosil fasli, mehnat samarasi, hosil bayrami, o`zbek xalq bayramlari, qovun sayli, shirinak o`yini...). Muhokama davomida ijodiy tuzilgan bog`li matnning izchil rejasi tuziladi. O`yin o`qituvchining sharhi bilan yakunlanadi. Mazkur o`yin orqali o`quvchilarning tasavvur kuchi tekshiriladi. Jamoa bo`lib bog`li matn tuzish ko`nikmasi hosil qilinadi. Download 345 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling