O’quv-uslubiy qo’llanma Toshkent 2021 yil Tuzuvchilar: Matnazarova Gulbaxor Sultanovna Xamzaeva Nilufar Toshtemirovna


Download 363.44 Kb.
bet91/93
Sana26.10.2023
Hajmi363.44 Kb.
#1725494
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Qiyosiy tashxisot:
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi juda tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilari bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, tumov belgilari: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi ulug‘ va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmaniya asoratlarining tez va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega.
ESNO-10t infekstiyasini o’tkir respirator virusli infekstiyalar (O’RVI) bilan qiyosiytashxis qo’yish maqsadga muvofiq.
Qiyosiy tashxisda gripp, paragripp, adenovirus infekstiyasi, rinovirus infekstiyalari bilan taqqoslanadi.
Rinovirus infekstiyasi. Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgilar rinoreya (tumov), ҳid bilish qobiliyatining pasayishi, yo’tal, aksirish kuzatiladi. Ushbu klinik belgilar xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Rinovirus infekstiyasiningasosiy belgilari burundan tez-tez seroz suyuqligi chiqib turishi. Isitma va intoksikastiya deyarli bo’lmaydi.
Gripp va paragripp infekstiyalarida yuqori isitma, intoksikastiya, nafas yo’lida yallig‘lanish alomatlari kasallikning birinchi kunidan boshlab namoyon bo’ladi. Gripp va paragripp xastaliklarida laringit, bronxit, traxeit, glassit va pnevmoniya alomatlari kuzatiladi.
Gripp epidemiya shaklda keng tarqalish xususiyatiga ega. Ayrim yillarda gripp epidemiyasi ҳattoki pandemiya tarzida o’tishi mumkin.
Paragrippda keng tarqalish bo’lmaydi. Ushbu kasallikda laringit, soxta krupp, glassit, traxeobronxit yallig‘lanishlari kuzatiladi.
Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida kasallik sekin-asta boshlanadi. Isitma va intoksikastiya belgilari kundan-kunga ko’paya boradi. Isitma kasallikning birinchi kunlari 370S, keyinchalik 370 – 37.80S, avj olgan davrida 380S va undan ortiq ko’tariladi.
Bemorlarda ko’z shilliq pardasining yallig‘lanishi (kon’yunktivit, keratokon’yunktivit), limfa tugunlarning biroz kattalashishi, nafas yo’lida yallig‘lanish (traxeit, bronxit, bronxeolit, pnevmoniya) kuzatiladi. Bir vaqtning o’zida oshqozon-ichak tizimining yallig‘lanishi, bemorlarda gepatomegaliya, splenomegaliya, mezadenit yallig‘lanish kuzatiladi. Adenovirus infekstiyasida jaroҳatlanish barcha organ va tizimlarda kuzatiladi.
Kasallik davomiyligi 12-17 kun. ESNO-10t infekstiyasini o’tkir diareya, alimentar diareya, disbakterioz, rotovirus infekstiyalari bilan qiyosiy tashxis qilinadi.

Download 363.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling