O‘quv-uslubiy


Download 1.36 Mb.
bet2/74
Sana17.06.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1540792
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Dinshunoslik

Din fenomenologiyasi. Fenomen, namoyon bo‘luvchi, ko‘zga ko‘rinuvchi narsa bo‘lib, fenomenologiya ko‘zga ko‘rinuvchi narsaning sistematik shaklda tadqiq qilinishidir. Dinning ko‘zga ko‘rinuvchi, tashqarida aks etuvchi jihatlarini o‘rganuvchi ilm sohasiga «Din fenomenologiyasi» deyiladi. Din fenomenologiyasi, tarixiy shakllanishlarni e’tiborga olmagan holda diniy fakt va voqelikning bizga namoyon bo‘lgan jihatlarini asosiy o‘ringa ko‘taradi. Turli dinlarning ibodat va marosimlarini, muqaddas joy, zamon, narsa va shaxsiyatlarini tadqiq qilib, mushtarak jihatlarini topishga harakat qiladi.
Din fenomenologiyasi diniy tuyg‘u va bu tuyg‘uning ko‘rinishlari deyarli butun dunyoda bir-biriga o‘xshashiga ishora qiladi; barcha dinlarning asli va g‘oyasining bir ekanligini isbotlashga harakat qiladi. Shuning bilan birga diniy ramz (belgi) larda yashirgan ma’nolarni ochish va majoziy so‘zlarning muqaddas mazmunini yoritish kabi ishlar ham uning vazifalariga kiradi.
Din fenomenologiyasi, materiallarini dinlar tarixidan oladi. Lekin u bu materiallarga tarixiylikdan ham ko‘ra ko‘proq sistematik jihatdan yondashadi. SHunday qilib diniy asoslar, diniy fenomen va shakllanishlarni muqoyasa qiladi. Din fenomenologiyasi boshqa din ilmlarini bilan ba’zi nuqtalarda birlashishiga qaramasdan, mustaqil bir ilm sohasi sifatida, ba’zan farqlangan jihatlari ham bo‘lib turadi.
Din sotsiologiyasi. Din – jamiyat munosabatlarini, bu munosabatlar ortidan kelib chiquvchi voqea-hodisalarni o‘rganadi. shu tufayli bu ilm sohasi ijtimoiy diniy muassasalarni, dinning davlat, xalq, oilaga nisbatan munosabatini, din sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy voqea-hodisalarni, turli din jamoalarining jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarini asosiy mavzu sifatida tadqiq qiladi. Demak, din sotsiologiyasining mavzusi, jamiyatning asosiy shakllari va dinning tashqi ko‘rinishlari bilan ijtimoiy jarayonlar, ularning tuzilish va qonunlaridan iborat ekan. Boshqacha qilib aytganda bu ilm sohasi, tarix bo‘yicha xususiy va mushohadaga suyanuvchi din va jamiyat tadqiqotlarini; dinning ijtimoiy hayotdagi ko‘rinishlarini o‘rganadi.
Din sotsiologiyasi, bir tomondan jamiyat, bir tomondan diniy ilmlarga tayanadi; bu ikki asos ustida yakdillikni keltirib chiqarishga harakat qiladi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling