Oʻquv yili: 022-2023 Bosqich: Semestr


Download 64.21 Kb.
bet13/23
Sana13.05.2023
Hajmi64.21 Kb.
#1456842
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
10 15gacha

4. Auditorlik dalillar.
AXS(ISA), dalil, axborot, uchunchi shaxslar, taxlil, ishonchsizlik, dalillar turlari, dalillarni olish manbalari, dalillarni to’plash, dalillarni olish usullari.
Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash ob’ekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» nomli maxsus bo’lim ajratilgan. Ushbu bo’lim 9 ta standartni o’z ichiga oladi:
№ 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence)
№ 510 – «Birlamchikelishuvlar – boshlang’ich qoldiqlar» (Initial Engagements Opening Balances)
№ 520 – Analitikamallar (Analytical Procedures)
№ 530 – Auditorliktanlash (Audit Sampling)
№ 540 – Buxgalterlikhisobidabaholanadiganqiymatlarauditi (AuditofAccountingEstimates)
№ 550 – Bog’liqtomonlar (RelatedParties)
№ 560 – Keyingihodisalar (SubsequentEvents)
№ 570 – Uzluksizfaoliyat (GoingConcern)
№ 580 – Rahbariyatningbildirgisi (ManagementRepresentations)
Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning etarlilik darajasini va ularni to’plashga nisbatan qo’yiladigan talablarni belgilaydi.
Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo’lim sifatida umumlashtirish mumkin:
№10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit o’tkazish»; №13-AFMS «Tahliliy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar».
Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to’g’risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi.
Axborot – xo’jalik faoliyatidagi faktlar to’g’risidagi xabarlar to’plamidir.
Mijoz korxona – auditorlik xizmati ko’rsatilayotgan xo’jalik yurituvchi subekt.
Uchinchi shaxslar – auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo’lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga jiddiy ta’sir ko’rsatadigan huquqiy yoki jismoniy shaxslardir.
Tahlil qilish – bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o’z fikrini shakllantirishi.
Ishonchlilik – moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga xo’jalik yurituvchi subektlar faoliyatining natijalari to’g’risida to’g’ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va manba kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga bog’liq. Auditorning o’zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi xo’jalik yurituvchi subektdan olingan dalillarga qaragan-da yuqoriroq. Barcha dalillar yig’indisini faqat so’ngilari yetarli bo’lganidagina ishonchli deb hisoblash mumkin.
Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to’planadigan dalillar turli-tuman bo’lib, ular turi, manbasi va olinish usullariga ko’ra turkumlanadi.
Auditorlik dalillar turlariga ko’ra yozma va og’zaki dalillarga bo’linadi.
Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og’zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo’lishi mumkin. Ammo ayrim hollarda og’zaki dalillar ancha muhim va foydali bo’lishi mumkin.
Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko’ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo’linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo’jalik yurituvchi subektdan yozma yoki og’zaki ko’rinishda olingan ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz korxona va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya hisobi registrlari va uning moliya xo’jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og’zaki bildirishlari; mijoz korxonaning bir hujjat-larini boshqalari bilan solishtirish, hamda uning hujjat-larini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; mijoz korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari.
Auditor auditorlik dalillarini to’plashda har xil usullardan foydalanadi. №50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko’rib chiqamiz. Bular: mijoz-korxonaning arifmetik hisob-kitob-larini tekshirish (qayta hisoblash); inventarizatsiya; ayrim xo’jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; tasdiqlash; xo’jalik yurituvchi sub’ekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og’zaki so’rovdan o’tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko’rib chiqish; tahliliy amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir.

Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling