Oʻquv yili: 022-2023 Bosqich: Semestr


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI


Download 64.21 Kb.
bet22/23
Sana13.05.2023
Hajmi64.21 Kb.
#1456842
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
10 15gacha

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Fakultet nomi: Iqtisodiyot
Ta’lim yo‘nalishi nomi: Buxgalteriya hisobi va audit
Oʻquv yili: 2022-2023 Bosqich: - 3 Semestr: - 5 YN turi: Yozma
Audit fanidan yakuniy nazorat uchun
15-variant
1. O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlarning milliy assotsiatsiyasi(O‘BAMA)ning vazifalari.
Umumiylik, birlashtirish, taminlash, professional ximoya, ishlab chiqarish, nashr qilish.
O’zbekiston buxgalterlar va auditorlarining milliy assotsiatsiyasi (O’BAMA) – buxgalterlar, auditorlar, ilmiy va pedagogik xodimlar, soliqlar bo’yicha maslahatchilarning respublika jamoat tashkiloti bo’lib, o’z a’zolarini ular manfaatlari va maqsadlarining umumiyligi, hududiy yoki profes-sional tamoyillar bo’yicha birlashtiradi.
Assotsiatsiya O’zbekiston Respublikasida buxgalterlar va auditorlar kasb malakasini rivojlantirish va ularni xalqaro standartlar talablariga moslashtirishni ta’minlaydi. Shuningdek, buxgalterlar va auditorlarni professional himoyalashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Assotsiatsiya buxgalteriya hisobi, auditorlik faoliyati, soliqqa tortish, xususiylashtirish, qimmatli qog’ozlar bozori, korxonalar moliya- xo’jalik faoliyatining tahlili va moliyaviy menejment bo’yicha qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi. Shu bilan birga yuqorida sanab o’tilgan masalalar bo’yicha maslahatlar beradi va «hammasi buxgalterlar uchun» nomli oylik byulleten, o’quv, me’yoriy hamda uslubiy adabiyotlar nashr qiladi.


2. Auditorlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tartibi.
Audit, auditor, moliya vazirligi, litsenziya, ustav kapitali.


3. Auditorlik faoliyati sohasidagi asosiy prinsiplar.
Mustaqillik, xolislik va halollik, bilim, axborotning maxfiyligi.


4. Auditorlik tekshiruvuning yakuniy bosqichi.
Umumlashtirish va baholash, auditorlik hisoboti va uni tuzish, auditorlik xulosasi va uni tuzish.
Auditorlik hisobotini va xulosasini shakllantirish audit rejasi va dasturining barcha bo’limlari bo’yicha o’tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalarini umumlashtirish va baholash jarayonida vujudga keladi.
Audit natijalarini baholash ishlari asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • ishchi hujjatlarni sharhlash va yakuniy ishchi hujjatlarni tayyorlash;

  • aniqlangan kamchiliklarning jiddiylik darajasini baholash;

  • auditorlik dalillarning yetarliligini baholash;

  • faoliyat ko’rsatayotgankorxona prinsipi bilan bog’liq omillarni baholash;

  • buxgalteriya hisobotidagi axborotlarni taqdim qilish va bayon qilish;

  • hisobot tuzilganidan so’ng sodir bo’lgan hodisalarni baholash;

  • tekshiruv natijalari bo’yicha auditorning mijoz-korxona rahbariyatiga taqdim qiladigan yozma axborotini tuzish;

  • auditorlik hisoboti va xulosasini tuzish.

Auditorlik tekshiruvi o’tkazish chog’ida asosan tekshirilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’ektning dastlabki hujjatlari, hisob registrlari va hisobotlarida aks ettirilgan haqiqiy axborotlar tahlil qilinadi va baholanadi. Faqat ayrim hollardagina auditorlar taxmin va hisob-kitoblarga asoslangan moliyaviy axborotlarni baholaydilar.
Auditning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, umumlashtirilgan va baholangan tekshiruv natijalarini kamida ikkita hujjat bilan rasmiylashtirish maqsadga muvofiqdir:
1. audit haqidagi shartnomada ko’zda tutilgan davr ichidagi korxonaning moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish to’g’risida hisobot;
2. buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobot bo’yicha auditorlik xulosasi.
O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida belgilanishicha: auditorlik hisoboti auditorlik tekshiruvining borishi, buxgalteriya hisobini yuritishning belgilangan tartibidan aniqlangan chetga chiqishlar, moliyaviy hisobotdagi qoida-buzarliklar to’g’risidagi mufassal ma’lumotlardan, shuningdek auditorlik tekshiruvi o’tkazish natijasida olingan boshqa axborotdan iborat bo’lgan va xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariga, mulkdorga, katnashchilari (aksiyadorlari)ning umumiy yig’ilishiga yo’llangan hujjat (18-modda).
№70 -«Auditorlik hisoboti va moliyaviy hisobot to’g’risida auditorlik xulosasi» nomli AFMSga muvofiq auditorlik hisobotining tarkibi quyidagicha:
a) nomi («Auditorlik hisobot» yoki «Auditorlik tashkilotining hisoboti» degan har ikkala nom bir xil ma’noga ega);
b) adresat nomi;
v) kirish qismi;
g) tahlil qismi;
d) yakuniy qism.

Download 64.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling