O’quv yili boshidan 22-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-11-sinflarida reja asosida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari olib borilmoqda


Download 17.2 Kb.
Sana16.02.2023
Hajmi17.2 Kb.
#1203568
Bog'liq
,22-maktab kasb-hunar ma\'lumotnoma

Bo’stonliq tumani XTB tasarrufidagi 22-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’quvchilarini kasb -hunarga yo’naltirish maqsadida olib borilgan ishlar bo’yicha


Ma’lumotnoma .
2021-2022-o’quv yili boshidan 22-umumiy o’rta ta’lim maktabining 7-11-sinflarida reja asosida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari olib borilmoqda. O’quv yili boshida 7-11-sinf o’quvchilarining iqtidor yo’nalishi va qobiliyatlarini aniqlash maqsadida maktab MMIBDO’ , sinf rahbarlari bilan hamkorlikda chora-tadbir ishlab chiqildi.7-11-sinf o’quvchilari uchun “Kasbim – kelajagim “platformasi orqali test va metodikalar o’tkazib borildi .9-11-sinf o’quvchilari orasida “Kasbim --- kelajagim” ko’rik-tanlovi o’tkazildi.11-sinf bitiruvchilari bilan Bo’stonliq tumanida joylashgan “Zarista” tekstil korxonasiga sayohat uyushtirildi. Sayohat davomida bitiruvchilar texnolog konstruktor,dizayner,tikuvchi, bichuvchi kabi kasb egalari haqida ma’lumotga ega bo’ldilar.Mart oyida 8-9-10-sinf o’quvchilari bilan “Kelajagim o’z qo’limda “ mavzusida insholar tanlovi o’tkazildi. Shuningdek, bitiruvchi 9-11-sinf o’quvchilari bilan Bo’stonliq tumanida joylashgan 1-va 2- sonli KHK lariga, Chirchiq Pedagogika institutiga ,Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universitetiga ,Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetiga sayohatlar uyushtirildi.Mustaqil hayot ostonasida turgan bitiruvchi sinf o’quvchilari bilan davra suhbatlari o’tkazilib ,kelajakda baxtli va farovon hayotga ega bo’lish uchun to’g’ri kasb tanlash muhimligi,Yangi O’zbekistonni barpo etish uchun bugun toboro ehtiyoj va talab ortib borayotgan zamonaviy kasb yo’nalishlarida ham salohiyatli mutaxassis bo’lib yetishishlari kerakligi hayotiy misollar orqali tushuntirib kelinmoqda.
Yuqori sinf o’quvchilarida zamonaviy kasb- hunarni egallash uchun maktab AKT tizimidan unimli foydalanish uchun informatika xonalaridan bo’sh vaqtlarda foydalanish imkoniyati ,shuningdek qiziqqan fan to’garaklariga jalb qilingan.9-11-sinf o’quvchilaridan kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida so’rovnoma va testlar olindi.Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan me’yoriy hujjatlar va ma’lumotnomalar tayyorlanib kelinmoqda.

Maktab psixologlari: S.Baratova


G.Pirmonova


Download 17.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling