Mavzuning maqsadi: O’quvchilarga suyuqliklar va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari haqida ma’lumot berish va ularning qo’llanilishnini tushuntirish.
Mavzuning bayoni:
1. Gazlarning molekulalari orasidagi o`zaro ta’sir kuchlari juda ham kichik ya’ni ular bir-birlari bilan qariyib bog’lanmagan. Shuning uchun ham ular doimo betartib harakat holatida va har tomonga uchib, ajratilgan hajmni to`la egallaydi.
Gazlardan farqli ravishda suyuqliklarning molekulalari bir-birlari bilan ancha mustahkam bog’langan va ular orasidagi masofa qariyib o`zgarmaydi. SHuning uchun ham suyuqlik siqilmaydi.
Tinch turgan suyuqlikka yupqa plastinkalarni kiritaylik. Plastinkaning turli tomonlarida bo`lgan suyuqliklar uning har bir yuza elementiga, kattaliklari teng va ga tik yo`nalgan kuchlar bilan ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |