Davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidasi huquq normasi deyiladi.
Huquq normasining asosiy vazifasi - ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish. Huquq alohida normalar, xulq-atvor qoidalaridan tashkil topgan.
Huquqiy norma tuzilishiga ko‘ra bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi uch tarkibiy qism (element)dan: gipoteza, dispozitsiya, sanksiyalardan tashkil topishi mumkin.
3)Huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi. Ularning vujudga kelishi uchun yuridik fakt – hodisa (masalan, insonning tug‘ilishi yoki o‘lishi, yong‘in) yoki harakat (masalan, huquqbuzarlik) yuzaga kelishi lozim bo‘ladi.
Ayrim shaxslar о ‘rtasida vujudga keladigan va huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar huquqiy munosabatlar deyiladi.
Ijtimoiy munosabatlar jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida ro‘y beradigan munosabatlar bo‘lganligi tufayli mutanosib ushbu ijtimoiy munosabatlarni huquqiy mazmun bilan munosib ravishda to‘ldiradi. Masalan, jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyati jarayonida tabiatga bo‘lgan moddiy munosabatlari ekologik huquq tomonidan, iqtisodiy munosabatlar aksariyat hollarda yuridik mulk huquqi yoki tadbirkorlikka oid huquqiy normalar orqali, siyosiy munosabatlar esa Konstitutsiya orqali tartibga solinadi.
Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzularni o’qib, shu mavzular asosida test topshiriqlari tayyorlab kelish beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |