Maktab MMIBDO‘______________________ _______________Sana______ _______ 20__yil
Sana: “__” _______ Sinflar: _______. To‘garak rahbari:_________________
Mavzu: Huquqbuzarlik.
Mashg‘ulotning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga huquqbuzarlik tushunchasi haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Mashg‘ulot turi: Aralash.
Mashg‘ulotda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, Mashg‘ulotlik, bo’r.
M A SH G‘ U L O T N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Mashg‘ulotni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining Mashg‘ulotga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.O‘zbekistonda huquq manbalari nimalardan iborat?
2.Xalqaro huquqiy manbalar nimalarni o‘z ichiga oladi? Ular nima uchun kerak?
3.O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qanday asosiy guruhlarga bo‘linadi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
H uquqbuzarlik — o‘z xatti-harakatini tushunadigan va unga javob bera oladigan shaxsning huquqqa zid xatti-harakatidan kelib chiquvchi aybidir. Huquqbuzarlik har xil shakllarda namoyon bo‘ladi. Huquqbuzarlikning u yoki bu shaklda namoyon bo‘lishi uning xususiyatlariga bog’liqdir. Huquqbuzarlik shakllariga jinoyat, nojo‘ya harakat, intizomni buzish kabi xatti-harakatlarni keltirish mumkin. Huquqbuzarlikning quyidagi belgilari mavjud: 1)Ijtimioiy xavflilik; 2)Huquqqa zidlik; 3)Ayblilik; 4)Jazoga loyiqlik.
Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzar jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, inson hayotiga suiqasd qiladi, davlat va boshqa insonlarga zarar keltiradi, ularning mol-mulkini nobud qiladi hamda noxush hodisalar keltirib chiqarib, jamiyat a’zolari manfaatiga zarar keltiradi. O‘z oilasi, ota-onasi, jamoasi, yor-u birodarlarini qiyin, uyatli ahvolga solib qo‘yadi. Eng yomoni u o'z kelajagini barbod qiladi.
Huquqqa zidlik — huquqbuzarning qonun yoki huquq normalari belgilab qo'ygan majburiy talablarini buzishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |