1.Huquqbuzarlik tushunchasiga ta’rif bering.
2.Huquqbuzarlikning qanday belgilari mavjud?
3.Huquqbuzarlikning qanday turlari mavjud?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
H uquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarligi, har qanday huquqbuzarlik ma’lum bir javobgarlik bilan bo‘g‘langanligi tabiiy hol. Lekin ijtimoiy javobgarlikning barcha shakllari ham doimo huquqiy javobgarlik bilan aynan bir xil emas.
Huquqiy normalarga asoslangan va davlat majburlov normalari bilan bog‘liq bo‘lgan javobgarlik huquqiy javobgarlikni tashkil qiladi va aynan shu javobgarlikni o‘rganish huquqshunoslik fanining vazifalaridan biridir.
Huquqiy javobgarlik - huquqbuzarlikni sodir etgan shaxsning huquq normalariga asoslangan, о‘z qilmishi uchun javob berishi, davlat majburlov choralari kо'rinishidagi oqibatlarga duchor bo ‘lishi va ularni boshidan kechirishidir.
Huquqiy javobgarlikka asos bo‘lib huquqbuzarlik, ya’ni huquqiy normalarni buzish hisoblanadi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Huquqiy javobgarlik deganda nimani tushunasiz?
2.Mamlakatimiz qonunchiligida huquqiy javobgarlik nechta va qanday turlarga ajratilgan?
3.Huquqiy javobgarlikka nima asos bo‘lib xizmat qiladi?
V bosqich: Mashg‘ulotga yakun yasash, baholash metodlari:
Mashg‘ulot yakunlanadi va Mashg‘ulotda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |