III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Huquq buzish harakatlari turli-tuman bo‘lib, ular huquq sohasining turli tarmoqlari bilan ta’qib qilinadi.
H uquqbuzarliklarning xususiyati va belgilariga qarab to'rtta guruhga ajratib olish mumkin. Bular: jinoiy, ma’muriy, intizomiy va fuqaroviy huquqbuzarliklardir. Ana shu huquqbuzarliklar ichida bir-biriga nisbatan o‘xshashroq bo‘lgani jinoiy va ma’muriy huquqbuzarliklardir. Ularning tajovuz qilish obyektlari ham ko‘p hollarda bir xil. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-moddasida jinoyat qonuni bilan qo'riqlanadigan obyektlar ko‘rsatilgan bo‘lib, shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzdan qo‘riqlash nazarda tutilsa. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 10-moddasida shaxsga, fuqarolarning huquqlariga va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi qonuniy aybli qilmishlar nazarda tutiladi. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Jinoyat kodeksi 16-moddasi birinchi qismida jinoiy javobgarlikka jinoyat uchun javobgarlik jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan sud tomonidan hukm qilish, jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan jinoyat sodir etishning huquqiy oqibatidir.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Jinoyat qonunchiligi nima?
2.Voyaga yetmaganlik nima?
3.Voyaga yetmaganlik tushunchasining jinoyat subyekti yoshi tushunchasidan farqi nima?
V bosqich: Mashg‘ulotga yakun yasash, baholash metodlari:
Mashg‘ulot yakunlanadi va Mashg‘ulotda faol qatnashgan o’quvchilar bilimi besh ballik tizimda baholanadi.
VI bosqich: Uyga vazifa berish:
Uyga vazifa o’tilgan mavzuni o’qib, mazmunini so’zlab berish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |