Maktab MMIBDO‘______________________ _______________Sana______ _______ 20__yil
Sana: “__” _______ Sinflar: _______. To‘garak rahbari:_________________
Mavzu: Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari.
Mashg‘ulotning maqsadlari:
1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Oila qonunchiligida voyaga yetmaganlarning huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berish.
2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni Vatanga, fanga muhabbat ruhida tarbiyalash.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Mashg‘ulot turi: Aralash.
Mashg‘ulotda qo’llaniladigan metodlar: Savol – javob metodi.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan jihozlar: Rasm, Mashg‘ulotlik, bo’r.
M A SH G‘ U L O T N I N G B O R I S H I:
I bosqich: Mashg‘ulotni tashkil qilish jarayoni:
a)O’quvchilar bilan salomlashish.
b)Sinf xonasining Mashg‘ulotga tayyorligini kuzatish.
s)O’quvchilar davomatini aniqlash.
II bosqich: O’tilgan va uyga berilgan mavzuni so’rash, takrorlash jarayoni:
Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Jinoyat qonunchiligi nima?
2.Voyaga yetmaganlik nima?
3.Voyaga yetmaganlik tushunchasining jinoyat subyekti yoshi tushunchasidan farqi nima?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
Bola manfaatlariga zid bo’lgan holatlardan tashqari, har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning g’amxo’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega. Ayrim sabablarga ko‘ra bolaning ota-onasi bo'lmaganda uning oilada tarbiyalanish huquqi vasiylik va homiylik organi tomonidan ta’minlanadi.
V oyaga yetmagan bola o’z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega. Bolaning huquqi va qonuniy manfaatlari uning ota-onasi, ota-onasi yo’q bo’lsa, ota-onasining о’rnini bosuvchilar, vasiylik va homiylik idoralari, prokuratura, sud tomonidan amalga oshiriladi.
Voyaga yetmagan bolaning hayoti yoki sog’lig’iga xavf tug'ilganligidan, uning huquqi va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo’lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart. Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko'rishi shart bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |