Uyga berilgan vazifa savol – javob orqali aniqlanadi:
1.Har qanday bolaning o‘z oilasida qanday huquqlari mavjud?
2.Agar voyaga yetmagan bolaning ota-onasi bo‘lmasa, uning huquqlari bajarilishi kim tomonidan ta’minlanadi?
3.Bolaga ism qanday va kim tomonidan beriladi?
III bosqich: Yangi mavzu mazmunini tushuntirish jarayoni:
M amlakatimiz Konstitutsiyasida har bir shaxs melmat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga ega bo‘lsa-da, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 77-moddasiga binoan, ishga qabul qilishga o‘n olti yoshdan ruxsat beriladi. O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini bosuvchi odamning yozma ravishdagi roziligi bilan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ishga qabul qilinadi.Shunda ham bu ish ularning sog‘lig‘iga va axloq odobiga ziyon qilmaydigan, o‘qishlariga xalaqit bermaydigan, yengil bo‘lishi lozim. Voyaga yetmaganlarni mehnat faoliyatiga jalb qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni mehnatga tayyorlash va ularni kasb tanlashlariga turtki bo‘lishi lozimligini e’tiborga olish kerak. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish vaqti 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga haftasiga 36 soatdan, 15 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.
IV bosqich: Yangi mavzuni mustahkamlash, amaliy va mustaqil ishlar bajarish jarayoni:
Yangi mavzu savol – javob orqali mustahkamlanadi:
1.Mamlakatimiz qonunchiligiga asosan voyaga yetmagan bolalarni necha yoshdan ishga olish mumkin?
2.O‘n besh yoshga to‘lgan bolalar ishga qay tarzda joylashadilar?
3.Bolalarning qay sharoitlarda mehnat qilishlariga yo’l qo‘yilmaydi?
4.Ham o‘qib, ham mehnat qiluvchi voyaga yetmaganlarga qonunchiligimizda qanday imtiyozlar ko‘zda tutilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |