O`quvchi soni: 29 nafar
Download 54 Kb.
|
Paxtakor 13-maktab 1-sinf O`qish Artikova U. 050419225631
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars ishlanma mavzusi: “Navro`z – bahor bayrami” O`quvchi soni: 29 nafar E-mail
- Birinchi sinfda O`qish darsi Mavzu: Navro`z bayrami. Maqsad: Ta`limiy
- B) Tarbiyaviy
- IV Dars jihozi
- VI. D A R S R E J A S I
- VII. Darsning borishi. Tashkiliy qism
- O`tilgan dars yuzasidan bilimlarni so`rash va mustahkamlash
- 4 - imkoniyat: “Navro`z udumlari”
- 5 - imkoniyat: “Topqirlik”
- IX. Uyga vazifa: “Navro`z bayrami” mavzusida she’r yod olish X. Darsni yakunlash
Familiyasi: Artikova Ismi: Ugulay Sharifi: Muminbekovna Ish joyi: 13 – umumiy o`rta ta’lim maktabi Lavozimi: Boshlang`ich ta‘lim fani o`qituvchisi Tuman: Paxtakor Viloyat: Jizzax Fanning nomi: O`qish Sinfi: 1 - sinf Dars ishlanma mavzusi: “Navro`z – bahor bayrami” O`quvchi soni: 29 nafar E-mail: maktab13paxtakor@inbox.uz Annotatsiya : Darsda o`quvchilarning ravon va qiroat bilan o`qish ko`nikmasi rivojlantiriladi, og`zaki nutq va lug`at boyligi oshirib boriladi. Tabiatni asrab-avaylashga o`rgatiladi. Navro`z bayrami, milliy udumlar, urf-odatlar bilan tanishtirilib, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash ko`zda tutilgan O`quvchilarning to`g`ri, ifodali o`qish, mustaqil fikrlash malakalari rivojlantiriladi
Mavzu: Navro`z bayrami. Maqsad: Ta`limiy: Ravon va qiroat bilan o`qish ko`nikmasini rivojlantirish, og`zaki nutq va lug`at boyligini oshirish. B) Tarbiyaviy: Tabiatni asrab-avaylashga o`rgatish. Navro`z bayrami, milliy udumlar, urf-odatlar bilan tanishtirish, milliy qadriyatlarimizga hurmatni tarbiyalash D) Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning to`g`ri, ifodali o`qish malakalarinirivojlantirish, sinfdan tashqari o`qish malakalarini rivojlantirish. III.Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi. IV Dars jihozi: darslik, tarqatma didaktik material,rasmlar. V. DTS talabi: - To`g`ri va qiroat bilan o`qish. - Bahor fasli oylarini bilish. - Bahor bayramlarini bilish. - Navro`z so`zining ma`nosini izohlay olish. - Navro`z bayrami arafasida xalqimizning urf-odatlari, udumlarini bilish va sharhlay olish.
VII. Darsning borishi. Tashkiliy qism: Dars shiori: Tez va to`g`ri o`qish, Keltirar bizga olqish. O`quvchilar: Har tong ertalab, Boramiz maktab tomon. Bizlar ilmga chanqoq, Ustozimiz mehribon, Qo`limiz ko`ksimizda Hamma: Assalomu alaykum! O`qituvchi: Tong ajoyib bir payt, tengi yo`q husn, Go`zal tabiatning dilbar lavhasi. Yil kitob, har kunduz undan bir varaq, Tong esa shu kunning gul sarlavhasi. Umrimiz bir kitob, o`tayotgan har bir kunimiz esa undag bir varaqni tashkil etadi. Biz har tongni intiqlik bilan kutamiz. Shunday ekan, bugungi oppoq varag`imizni yangi bilimlar bilan to`ldirishni boshlaymiz. Aziz bolajonlar bugungi darsimizning shiorini qanday nomladik? O`quvchilar: Tez va to`g`ri o`qish. O`qituvchi:Raxmat, aziz bolajonlar siz ushbu shiorga nafaqat bugun, doimiy ravishda rioya qilsangiz albatta tez va to`g`ri o`qishni o`rganasiz. Aziz bolajonlar siz bugungi dars jarayonida quyidagi 5 ta imkoniyatdan foydalanasiz.
O`tilgan dars yuzasidan bilimlarni so`rash va mustahkamlash. –o`quvchilar A.Obidjonning “Bekinmachoq” she`rini yod aytib beradilar. Bu o`quvchilar uchun: 1 - imkoniyat “Xotira charxi”. -Yana qanday milliy o`yimlarni bilasiz? Besh tosh, “chillak ”o`yini. 2 - imkoniyat “Milliy o`yin”ni sharhlash. 3.Yangi mavzu bayoni. Aziz bolajonlar, manabahor fasli kelib hamma tomonda bahor nafasi ufurib turubdi. Qishning sovuq,izg`irinli kunlarining o`rnini bahorning iliq yoqimli kunlari egalladi. Bahor bayramlar fasli. -Bahor faslida qanday bayramlarni nishonlaymiz? 8-mart onajonlar bayrami, 21-mart navro`z bayrami. -Matnni o`qish 3-imkoniyat: “Tez va to`g`ri o`qish” va mazmunini tushuntirish. O`quvchilarga yangi mavzu navbatma-navbat o`qitiladi. She`riy didaktik o`yin: “Quvnoq daqiqa” Mehr unib dillarga Suv taradik gullarga Qushchalarga don berdik Mehr berdik jon berdik So`n yayrashib o`ynadik So`ng sayrashib o`ynadik Bir, ikki, uch, to`rt Sho`x kuylashib o`ynadik
Bu shartda o`quvchilar xalqimiz udumlaridan birini ta`riflab yoki sahnada ko`rsatib berishlari kerak bo`ladi. VIII.Darsni mustahkamlash. -Navro`z so`zining ma’nsini ayting . -Navro`z qachon bayram qilinadi? -Navro`z udumlaridan bilasizmi? -Qanday Navro`z taomlarini bilasiz? -Navro`z taomlariga nimalar silonadi? 5 - imkoniyat: “Topqirlik” Bu shartda o`quvchilar Navro`z bayramiga Doir gapni topishlari kerak -Aziz bolajonlar bahor faslida qanday gullar ochiladi? Lola , Chuchmoma, Qizg`aldoq, Binafsha. O`quvchilar: 1-o`quvchi: Binafsha gul Binafsha Bahoroyning elchisi Bulbulning navosisan Navro`zjonning belgisi 2-o`quvchi: Gul lolalar ochildi. Atrofga hid sochildi. Atirgul-u gulsafsar Boychechagu gulbeor. 3-o`quvchi: Gullar ichra birinchi Ochilasan boychechak. Dala qirlar bag`riga Sochilasan boychechak. 4-o`quvchi: Bahor chog`i ochilib Hushbo`y hidga to`libsan. Hech to`ymadim termulib, Sog`inganim bilibsan. Chuchmomajon-chuchmoma. IX. Uyga vazifa: “Navro`z bayrami” mavzusida she’r yod olish X. Darsni yakunlash: Har bir guruh to`plagan rag`batlarni hisoblab ball to`plagan o`quvchilar baholanadi va rag`batlantiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1 – sinf o`qish darsligi 1 – sinflar uchun o`qish fanidan metodik qo`llanma O`zbek tilining izohli lug`ati “Boshlang`ich ta’lim” jurnali Rtm.uz sayti Download 54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling