O'quvchilarda diqqatning yosh xususiyatlari
Download 31.36 Kb.
|
O\'quvchilarda diqqatning yosh xususiyatlari
Diqqatning biror narsaga qaratishi ob’ektga bog`liq holda diqqatning namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini; sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik asoslarini tushunib etishga buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasining alohida reaktsiyalari orientir reflekslar haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon mas’uliyatlariga qaraganda orientir reflekslar juda ham murakkabdir. Ular organizmni anchagina qismlarining faolligi bilan bog`langan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib etishda dominanta (nasldan - naslga o`tuvchi asosiy belgi) printsipi alohida ahamiyatga ega. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko`ra, miyada hamisha qo`zg`alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo`ladi. Diqqat miya faolligini muayyan darajasida yuz berishi mumkin. Demak, diqqatning fiziologik asosini bosh miya pusti qismidagi “optimal qo`zg`alish nuqtasi” tashkil qiladi. Miya po`stining optimal qo`zg`algan joyi o`z o`rnini almashtirib turishi, diqqatni bir narsadan ikkinchi narsaga kuchishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo`naltirilishi va to`planishini shartlaydi. Shunday qilib, diqqat bir qator miya tuzilmalari faoliyati bilan bog`liqdir. Lekin diqqatning har xil shakllari va turlarini tartibga solishda ularning roli turlichadir.Diqqatning biror narsaga qaratishi ob’ektga bog`liq holda diqqatning namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini; sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik asoslarini tushunib etishga buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasining alohida reaktsiyalari orientir reflekslar haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon mas’uliyatlariga qaraganda orientir reflekslar juda ham murakkabdir. Ular organizmni anchagina qismlarining faolligi bilan bog`langan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib etishda dominanta (nasldan - naslga o`tuvchi asosiy belgi) printsipi alohida ahamiyatga ega. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko`ra, miyada hamisha qo`zg`alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo`ladi. Diqqat miya faolligini muayyan darajasida yuz berishi mumkin. Demak, diqqatning fiziologik asosini bosh miya pusti qismidagi “optimal qo`zg`alish nuqtasi” tashkil qiladi. Miya po`stining optimal qo`zg`algan joyi o`z o`rnini almashtirib turishi, diqqatni bir narsadan ikkinchi narsaga kuchishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo`naltirilishi va to`planishini shartlaydi. Shunday qilib, diqqat bir qator miya tuzilmalari faoliyati bilan bog`liqdir. Lekin diqqatning har xil shakllari va turlarini tartibga solishda ularning roli turlichadir.Download 31.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling