Oʻquvchilardan diqqatlarini jamlashni soʻrang


Download 9.64 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi9.64 Kb.
#1088770
Bog'liq
tavsiya


Bundan buyon har bir mavzuda kamida bitta audiomatn mavjud. Siz ushbu audiomatnlarni qoʻyib eshittirishdan oldin oʻquvchilaringizni tinglash jarayoniga tayyorlashingiz lozim boʻladi. Bu juda ham oddiy:

oʻquvchilardan diqqatlarini jamlashni soʻrang;

hozir qanday audiomatn qoʻyib eshittirishingizni eʼlon qiling;

audiomatn asosida oʻquvchilarni qanday topshiriqlar kutib turganini ayting;

oʻzlari kerakli deb bilgan oʻrinlarni eslatma tarzida yozib olishlari mumkinligini tushuntiring.

Tayyorgarlik bosqichi yakunlangach audiomatnni qoʻyib eshittirish mumkin boʻladi. Oʻquvchilarning holatidan kelib chiqib audiomatnni bir yoki ikki marta qoʻyib berishingiz mumkin. Uch marta qoʻyib berishni tavsiya qilmaymiz.

Yuqoridagi tayyorgarlik bosqichini yil davomida har doim takrorlash shart emas, dastlabki audiomatnlarda qoʻllashning oʻzi oʻquvchilarda koʻnikmani shakllantirishga yetarli boʻladi. Keyinchalik, oʻquvchilarga tinglash jarayoniga tayyorgarlik koʻrishlarini lozimligini aytib 1 daqiqa vaqt berishning oʻzi yetarli boʻlib qoladi.

Audiomatnlarni qoʻyish uchun sharoitim yoʻq deyishdan oldin mana bu mavzuni oʻqib koʻring.

OmadAmaldagi ko‘plab darsliklar axborot berishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda amaliy mashg‘ulotlarga kamroq e’tibor qaratilgan. Agentlik tomonidan ishlab chiqilgan yangi darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalarda esa o‘quvchining tanqidiy, tahliliy, kreativ fikrlashiga, unda bilimlarni faqat eshitish yoki o‘qish bilan emas, balki amaliy mashg‘ulotlar yordamida egallashlariga, shuningdek, ularning tadqiqotchilik, muammolarga original yechimlarni topish va qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga katta ahamiyat beriladi.
Birgina adabiyot darsliklarimizni olaylik. Biz mazkur darslikni tayyorlashda avvalo xorijiy tajribani o‘rgandik. Masalan, Finlyandiyada adabiyot qanday o‘qitiladi, AQSHda qanday, Buyuk Britaniyada qanday?.. Ya’ni rivojlangan mamlakatlarda adabiy ta’lim qanday tashkil etilishiga e’tibor qaratildi. Shundan so‘ng milliy tajribaga murojaat qildik. 1960 yildan keyin hamda mustaqillik davrida adabiy ta’limda qanday evrilishlar bo‘lgan, adabiy ta’lim qanday tashkil etilgan hammasi bir boshdan tahlil qilindi. Bular natijasida adabiyotni fan sifatida o‘qitishning uchinchi – yangi metodikasi paydo bo‘ldi.
Ushbu yo‘nalishda, ya’ni ijod maktablarida o‘qitishga mo‘ljallangan adabiyot darsligini yaratishda biz madrasalarda adabiy ta’limning qanday olib borilishini ham o‘rgandik, tahlil qildik. Mazkur metodikalarni birlashtirgan holda Agentlik tomonidan yangi adabiyot darsliklari ishlab chiqildi. dbunda o‘quvchilar so‘zni faqatgina badiiy matn sifatida emas, balki uning ijrosi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqishadi.
O‘quvchilar ushbu darsliklarni o‘qish davomida adabiyotni tasviriy san’at, musiqa bilan bog‘liqligini, tafovuti hamda o‘xshashliklarini o‘rganishadi, tahlil qilishadi yoki ona tili darsligini olaylik. Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan ishlab chiqilgan ona tili darsligi bugungi kunga qadar amalda bo‘lgan darsliklardan butunlay farq qiladi. Ya’ni, shu kungacha ona tili darsliklari grammatizmga asoslangan bo‘lsa, biz yangi darsliklarni ishlab chiqish jarayonida sof hayotiy ko‘nikmaga olib boruvchi, nutqiy kompetensiyalarini oshiruvchi, o‘qish savodxonligini hamda tinglab tushunish ko‘nikmasini yaxshilovchi metodlarga e’tibor qaratmoqdamiz
Download 9.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling