O`quvchilarga axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari haqida ma’lumot berish
Download 0.96 Mb.
|
7-синф информатика конспект 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2) tarbiyaviy
- Dars bosqichlari Vaqti
- I. Tashkiliy qism
- III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baxolash
Mavzu: AXBOROT TUSHUNCHASI VA BILISH HAQIDA Darsning maqsadi: 1) ta’limiy: O`quvchilarga axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari haqida ma’lumot berish; 2) tarbiyaviy: O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasi berish; 3) rivojlantiruvchi: O`quvchilarning ilmiy-texnik dunyoqarashini rivojlantirish DTS: Axborotning ko`rinishlari, xususiyatlari va turlari haqida tushunchaga ega bo`lish Kompetensiya: TK1-kommunikativ kompetensiya 2 TK2-axborot bilan ishlash kompetensiyasi Dars uslubi: : Guruhlarda ishlash, tushunchalar tahlili Dars jihozi: Darslik, kompyuter, Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2.Yo'qlama qilish. 3.Uyga vazifani so'rash.
6-sinda o`tilganlarni takrorlash. III. Yangi mavzu bayoni: «Informatsiya» so‘zi turli tillarda ishlatilib, ma’nosi turlicha talqin qilinsa ham, ularning asosida lotincha informatio so‘zi yotadi. U «tushuntirish», «tavsiflash», «xabar olish» degan ma’nolarni anglatadi. O‘zbek tilida informatsiya so‘zi axborotdeb tushuniladi. IX–X asrlarda Forobiy taxallusi bilan yashab ijod etgan yurtdoshimiz Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug‘ Tarxon bilish jarayoni ikki bosqich – aqliy bilishva hissiy bi lishdan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq va biri boshqasisiz vujudga kelmasligini alohida ta’kidlaydi. Bilishning mazkur bosqichlari axborotsiz shakllanmaydi va demak, axborot bilishning asosini tashkil etuvchi elementhisoblanadi. Allomaning aytishicha, odamning ibtidosida avvalo «oziqlanish talabi» paydo bo‘lib, unga ko‘ra, odam ovqatlanadi. Shundan so‘nggi talablar «tashqi talablar» bo‘lib, ular bevosita tashqi ta’sir natijasida sezgi a’zolari orqali vujudga keladi. Mazkur «tashqi talablar» 5 turlidir: teri orqali sezgi; ta’m bilish sezgisi; hid bilish sezgisi; eshitish sezgisi; ko‘rish sezgisi. Forobiy «Ilm va san’atning fazilatlari» risolasida tabiatni bilish jarayoni cheksizligini, bilim bilmaslikdan bilishga, sababiyatni bi lishdan oqibatni bilishga, sifatlardan mohiyatgaqarab borishini va buning asosida, ilmning borgan sari ortib, chuqurlashib borishini ta’kidlaydi.AXBOROTdeganda biz barcha sezgi a’zolari miz orqali borliqning ongimizdagi aksi yoki ta’sirini, bog‘liqlik darajasini tushunamiz. III. O`tilgan mavzuni mustahkamlash va baxolash: 1. Informatika fanining o‘tmishdoshi qanday atalgan? 2. Informatika faniga asos solinishi haqida so‘zlab bering. 3. Axborot va bilish haqidagi Forobiy fikrlarini tahlil qilib be ring. 4. Axborot tushunchasini tahlil etib bering. 5. Informatika fanining asosiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida so‘zlab bering. IV. Uyga vazifa : Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling