O’quvchilarga quyidagi sonli rebusni yechish topshirig’i berildi


Download 6.15 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi6.15 Kb.
#1774326
Bog'liq
5-variant


5-Variant


  1. Oilaning 5 nafar a’zolari yoshlari yig‘indisi 84 ga teng. 5 yil avval jami oila a'zolarining yoshlari yig'indisi 61 ga teng bo‘lgan. Oilaning eng kichik a’zosi necha yoshda?



  1. Maktabda o'tkazilgan yugurish musobaqada yo'lakning birinchi kilometridan so'ng Malika oxiridan ikkinchi o'rinda edi. Keyingi kilometrda u yetti nafar yuguruvchidan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. Uchinchi kilometrda undan ikki yuguruvchi o'tib ketdi. Oxirgi kilometrda u sakkizta yuguruvchidan oldinga o'tib oldi, ammo boshqa to'rtta yuguruvchi undan o'zib ketdi. U marraga to‘qqizinchi o‘rinda yetib keldi. Poygada jami nechta o'quvchi qatnashgan?



  1. O’quvchilarga quyidagi sonli rebusni yechish topshirig’i berildi.

H A T E + S I O = N I S T Bu yerda bir xil harflarga bir xil raqamlar, turli harflarga turli raqamlar mos keladi. Rebusni 3 ta o’quvchi to’g’ri, bittasi xato yechdi. Xato javob qaysi?


1458 + 607 = 2065
3815 + 206 = 4021
5728 + 419 = 6147
7461 + 935 = 8396


  1. Kir yuvish mashinasida raqamli displey mavjud. Bu yuvishning yakunlanishi uchun qolgan vaqtni hisoblaydi. Ba'zida men qolgan vaqtni haqiqiy vaqt bilan aralashtirib yuboraman.

Kecha soat 1:05 da kir yuvish mashinasi 2:41 ni, ya'ni yuvish tugashiga 2 h 41 min qolganini ko'rsatdi. Qachon kir yuvish mashinasining ortga hisoblash ko'rsatkichi haqiqiy vaqtga to'g'ri kelib qolgan?


  1. Uch xil ikki xonali sonlar shunday tanlanganki, bunda ixtiyoriy ikkitasining yig’indisi uchinchisining raqamlarini o’rni almashishidan hosil bo’lgan songa teng.

Bunday 3 ta songa mos keluvchi sonlarni toping.
Download 6.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling