O’quvchilarni hamkorlikda ishlashga, ulardagi emotsional zo’riqishlarni bartaraf etishga doir trening mashg’ulotlari har bir mashg’ulot 4 bosqichdan iborat


Download 0.49 Mb.
bet8/11
Sana06.09.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1673290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
trening.mashklari

Sakkizinchi mashg’ulot
Men va tengdoshim
Mashq: «Munosabat doskasi»
Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman qog’ozi mahkamlanadi.
Yo’riqnoma: Bu o’ziga xos munosabat doskasi hisoblanadi. Bu yerda tengdoshlaringiz bilan muomalada yig’ilgan g’am-alamlaringizni ifodalashingiz mumkin. Belgi qo’yish mumkin emas. « Munosabat doskasi» bir necha mashg’ulotda saqlanadi.
Mashq: «Sirli salomlashish»
Ishtirokchilar doira bo’lib o’tiradilar.
Ko’rsatma: Siz hyech kimga qaramasdan salomlashishni amalga oshiring. Guruhdagilar esa salom kimga yo’nalganini topishlari lozim.
Siz mening ogohlantirishimdan so’ng, baland ovoz bilan uning ismini aytishingiz kerak. Sizning salomlashishingiz obrazli, yorqin, ammo sirli bo’lsin. Mashqdan so’ng guruh a’zolari uchta eng namunaviy salomlashishni aniqlaydilar.
Mashq « Guruhimizda tug’ilgan kun»
Ishtirokchilar sinf bo’ylab harakatlanadilar, ovoz chiqarish ta’qiqlanadi.
1-topshiriq: So’z aytmasdan, yilning qaysi faslida tug’ilganingizga qarab ajraling.
2-topshiriq: Fasllar va oylar bo’yicha ajraling.
3-topshiriq: Har bir oy, tug’ilgan kunlar bo’yicha ajraling.
4-topshiriq: Endi ishtirokchilar bir-birining ortidan yil fasllari, oylar va tug’ilgan kunlar bo’yicha saf tortib turadilar. Yil boshidan to oxirigacha izchillikka rioya qilinadi.
Mashq: «Guruhimiz nimaga o’xshaydi»
Ishtirokchilar aylana bo’lib o’tiradilar. Ularga navbat bilan «Guruhimiz nimaga o’xshaydi?» degan savol beriladi. Ular javob beradilar.
Muhokama:
Birinchi guruhchaga topshiriq: Ideal tengdoshingizning psixologik portretini chizing. U qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak ?
Ikkinchi guruhchaga topshiriq: Sizda nafrat uyg’otadigan tengdoshingizning psixologik portretini chizing.
Uchinchi guruhchaga topshiriq: Siz o’z xohishingiz bo’yicha psixologik portretni chizing (u qanday sifatlarga ega bo’lishi kerak).

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling