O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik


Download 21.76 Kb.
Sana06.05.2023
Hajmi21.76 Kb.
#1433556
Bog'liq
“O‘zaro munosabatlarni boshqarish” (Soft skills)


O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik
respublika tashxis markazi


8-11-SINF O‘QUVCHILARI UCHUN KORREKSION VA RIVOJLANTIRUVCHI MASHGʻULOTLAR ISHLANMASI

(maktab psixologning ish rejasiga ilova)

Toshkent- 2022


10-Mavzu:
O‘zaro munosabatlarni boshqarish” (Soft skills)

Mashg‘ulot maqsadi:
O‘quvchilar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
•Ularning istaklarini boshqalarning istaklari bilan taqqoslash
•Ota-onalarning qo‘llab-quvvatlashi bilan ularning mustaqillik darajasini taqqoslash
•Maqsadlar va o‘quvchilar o‘rtasidagi muvozanatni topishni mashq qilish
Zarur bo‘lgan jihozlar:
•Guruh qoidalari aniq yozilgan plakat
Mashg‘ulotning borishi:
O‘quvchilarni qutlang va bugungi mavzu "Munosabatlarni boshqarish" ekanligini eslating. Guruhning asosiy qoidalariga qisqacha murojaat qiling (qoidalar aniq yozilgan plakatlarga ishora qiling):
•Hurmatga asoslangan muloqot va munosabatdan foydalaning
•Guruhda barchaning ishtiroki muhimdir
•Bir-biringizni tinglang
•Boshqalarga ham fikr bildirish uchun teng imkoniyat bering
Bir-biringizni qo‘llab-quvvatlang
•Mashg‘ulot vaqtida oshkor qilingan har qanday shaxsiy ma’lumotlar qat’iy sir saqlanadi
•Og‘zaki tahqirlash yoki zo‘ravonlik
1-mashq: “Sizning xohishingiz va ehtiyojlaringiz hamda boshqalarning sizdan kutayotganlari”
Munosabatlar bizning hayotimizda juda muhimdir. Ularsiz biz yolg‘iz va yakkalanib qolamiz; azob-uqubatlarimiz va yutuqlarimiz bilan bo‘lishadigan hech kimimiz bo‘lmaydi. Biz bilib olganimizdek, munosabatlarning afzallik tomonlari bilan bir qatorda, o‘tgan hafta suhbatlashganimizdek, vaqti-vaqti bilan nizolar ham yuzaga kelib turadi. Voyaga yetish davri ko‘pincha tortishuvlarga boy vaqti bo‘ladi, chunki siz o‘zingizning shaxsiy ehtiyojlaringizni va manfaatlaringizni oilangiz, do‘stlaringiz va jamiyatning sizdan nima istashlarini farq qila boshlaysiz. Bu kasb tanlash, turmush qurish, soch turmakingiz va hatto kiyinish uslubingizga tegishli bo‘lishi mumkin.
-Siz oilangiz yoki jamoangiz bilan qarama-qarshi fikrda bo‘lgan qanday masalalar mavjud?
•O‘quvchilar javoblarini tinglang va kalit so‘zlarni doskaga yoki flipchartga yozing
•Ota-onamiz yoki do‘stlarimiz qarshi bo‘lgan qarorlarni qabul qilish oson emasligini yana bir bor aytib o‘ting, lekin to‘liq va mazmunli hayot kechirishni istagan barcha insonlar ertami-kechmi bunday holatni boshdan kechirishlariga to‘g‘ri keladi.
2-mashq: “Mustaqillik va qo‘llab-quvvatlashni muvozanatlash”.
-Mustaqil bo‘lish nima ekanligini kimdir biladimi?
•O‘quvchilarning javoblarini yozing
•Flipchart yoki doskaga asosiy iboralarni yozing
•Mustaqillikni so‘z bilan ta’riflang va tushuntiring:
Yoshlar uchun mustaqillik o‘zligini shakllantirish va munosabatlaringiz qanchalik yaxshi bo‘lmasin, oiladan alohida shaxs bo‘lishni anglatadi. Bu aslida o‘smirlik davridan yetuklik davriga o‘tishda kuzatiladigan normal va muhim qismidir. Ota-onadan mustaqil bo‘lishning bir qismi sifatida, o‘zimiz mustaqil ravishda nimani tanlashni o‘rganishimiz zarur?
•O‘quvchilarning javoblarini tinglang. Ba’zi g‘oyalar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
•Har kuni nima kiyish kerak?
•Sochni qachon olish kerak va sartaroshga borish vaqti ?
•Uy vazifasini qachon bajarish kerak?
•Kimni ziyofatga taklif qilish?
•Shaxsiy buyumlarni tartibli saqlash?
3-mashq: Rolli o‘yinlar.
Mustaqil bo‘lgandan so‘ng, o‘zingiz istagan ishni qilishingiz va o‘zingiz yoqtirgan joylarga borishingiz mumkin.
Shu bilan birga shaxsiy hayotingiz bo‘lishiga intilib, his-tuyg‘ularingiz haqida ota-onangiz bilan bo‘lishishni istamaysiz.
Mustaqil bo‘lish sizga juda qo‘l keladi, chunki siz yangi narsalarni o‘rganib, ota-onangizdan narida mustaqil shaxs sifatida shakllana boshlaysiz.
Avvaliga, haddan oshiqcha mustaqil bo‘lish muammolarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki qoidalar va cheklovlarsiz hayot boshingizga tashvish keltirishi mumkin.
Haddan tashqari mustaqil bo‘lish o‘zingizni yolg‘iz va yordamsiz his qilishingizga olib kelishi mumkin. Sizning mustaqilligingiz ota-onangiz uchun tashvishli va vahimali bo‘lishi mumkin.
Ba’zi ota-onalar sizlarni qo‘llab-quvvatlashga va sizlar uchun qarorlar qabul qilishga odatlanishadi - ba’zida sizning shaxsiy fikrlaringiz va qiziqishlaringizni butunlay inkor etishadi. Ushbu ota-onalar, hatto voyaga etganingizda ham, sizni nazorat qilishga intilishlari mumkin.
Ota-onalar sizning mustaqil fikrlay olish ko‘nimalaringizni sezishadi va sizga juda ko‘p mustaqillik berishadi. Bu ota-onalar sizdan kattalarga hos qarorlarni qabul qilishingizni kutishlari mumkin - bu o‘smirlik davrida muammolar tug‘dirishi mumkin.
Qo‘llab-quvvatlashni qanday aniqlaysiz?
•O‘quvchilarning javoblarini yozing
•Flipchart yoki doskaga asosiy iboralarni yozing
•“Qo‘llash”ni so‘z bilan ta’riflang/tushuntiring
Download 21.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling