O’quvchilarni tarbiyalashda xalq og'zaki ijodi namunalaridan foydalanish
Download 27.47 Kb.
|
1 2
Bog'liqАвалова Турсуной
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
- Beshinchidan
Birinchidan, insonda o’yinga nisbatan tabiiy ehtiyoj bo’lib, u hayotdagi bo’shliqni to’ldirgan, inson tanidagi ortiqcha kuchni sarflashga, yetishmagan kuchni to’plashga yordam bergan.
Ikkinchidan, o’yinlar xalq tarixining ajralmas qismidir, in’inokosidir. O’yinlarda insonning turmushi, mehnati, tajribasi, tashvishi, kurashi, yutuqlari aksini topadi. O’yinlar orqali biz insoniyat tarixi, orzu-o’yi muammolari, niyatlarini o’rgansak bo’ladi. Uchinchidan, o’yin inson madaniyatining eng qadimgi ko’rinishi, ko’pgina ma’naviy soha (raqs, tomosha-teatr, musiqa, sport, marosim kabi)larning chashmasi sifatida xizmat qilgan. To’rtinchidan, o’yinlar avlod-ajdodlarimizning sog’lomlash-tiruvchi vositasi hisoblangan. Ota-bobolarimiz xalq o’yinlari va musobaqalari yordamida aqlan raso, ruhan tetik, jismonan baquvvat bo’lib kelgan. Sog’lom avlodlarni shakllantirishda o’yinlar asosiy omilga aylangan. Beshinchidan, o’yinlar eng samarali tarbiya vositasi. Bolalar o’yinlar orqali hayotga tayyorgarlik ko’rgan, turmushdagi qiyinchiliklarni yengishni mashq qilgan, ish va kurashda g’alaba qilishni o’rgangan. Oltinchidan, o’yinlar ajdodlarimizning tajribasini o’zida uyg’unlashtiruvchi madaniy meros va zamondoshlarimizni, ayniqsa yosh avlodni aqliy, ruhiy va jismoniy barkamol bo’lishga xizmat qiluvchi bebaho manbaadir. Milliy harakatli o’yinlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining aqliy tafakkurini oshirishda ahamiyati katta. Bunda bolalarga o’yinni o’rgatishda ularning aqliy imkoniyati nazarda tutiladi. O’yinning eng muhim ahamiyati ham ana shundadir. O’yin o’tkazilish shakllari va usullari bilan ta’limning boshqa turlaridan farq qiladi. O’yinlar ta’limning ko’rgazmaliligini, o’qituvchining nutqini va bolalar harakatini o’z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (ko’rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug’iladi. Bu esa o’qituvchining aytganlarini bolalarning o’ylab olishiga va o’sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik o’yinlar qoidalarini o’quvchilarning o’zlari bajarishlariga imkon beradi. O’yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari o’quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar o’yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar. Xalq o’yinlari bolaning aql-idrokiga, his-tuyg’usiga ta’sir etib, unda o’qishga ijobiy munosabat va qiziqish hislatini tarkib toptiradi. Bolalar o’yinni zo’r mamnuniyat bilan ijro etadi. O’yin boshlanishini esa sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi o’quv kunining quvonchli manzarasi gavdalanadi. Har bir o’yinda ko’pchilik bolalar yoki butun bir sinf o’quvchilari ishtirok qiladi. Bundan tashqari, o’yin jarayonida hatto bolalardan ba’zi birlari bevosita ishtirok etmasa ham, ular o’yinda imo -ishoralar vositasida bevosita qatnashadilar. Masalan, ko’zlarini yumib, kim necha marta bajarganligini kuzatib boradilar. «Eng yaxshi ishtirokchi», «Kim aniqroq va tezroq» kabi o’yinlarda o’z o’rtoqlarining xarakatlarini qanchalik to’g’ri-noto’g’ri bajarayotganlarini kuzatib boradilar. Bu esa o’qituvchiga o’quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo’lish imkonini beradi, hamda o’quvchi zehni, aql-idrokini tekshirishda o’qituvchiga qulaylik tug’diradi. Xalq o’yinlari ijodiy shaxs tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o’yin, uning har bir takrorlanishi topshiriqni bajarishga yangicha munosabatda bo’lishni talab qiladi. Uni hal qilish zarurati esa ijodiy izlanishlarni keltirib chiqaradi. Biz bilamizki, bolalar o’qishning o’zidagina o’smaydilar, balki ular o’yin jarayonida ham hamjihat bo’lishga, hayotni bilishga o’rganadilar. Bu o’yinlar bolalarni intizomli qiladi. Tajribada shu narsa isbotlanganki, o’yin kichik yoshdagi o’quvchi bolalarning zarur hayotiy ehtiyojidir. Milliy xalq o’yinlaridan barcha sinflarda foydalanish mumkin. Agar 1-sinfda o’quvchilarni o’yinning shakli ko’proq qiziqtirgan bo’lsa, keyingi 2-3-sinflarda ularni o’yinning mazmuni, natijasi ko’proq qiziqtira boshlaydi. O’quvchilar o’z imkoniyati va qobiliyatini ko’rsatish imkoni bo’lgan o’yinlarda ishtirok etishga intilishadi. Milliy xalq o’yinlari asosida amaliy topshiriklarni bajarish, muammolarni yechishga qaratilgan qiziqarli mazmun, bolaning aqliy va jismoniy harakati yotadi. Ular orqali fikrlash jarayoni - tahlil taqqoslash xususiyatlari rivojlanadi. E’tiborlisi, boshlang’ich ta’lim jarayonida milliy xalq o’yinlarining ahamiyati shundaki, ular o’quvchilarning ta’lim olishiga, tarbiyasiga va rivojlanishiga xizmat qiladi. O’yin davomida yuzaga keluvchi ijobiy his-hayajon o’quvchilarning ijodiy qobiliyatini tarbiyalashini faollashtiradi, xotirasini, diqqatini kuchaytiradi. O’yin davomida o’quvchilar o’zlari bilmagan holda ko’pgina harakatlar, mashqlar bajaradi, masalalar yechadi va hokazo. Har bir o’quvchi yosh davrining ruhiy xususiyatlarini hisobga olgan holda jismoniy tarbiya darslarini olib borish orqali o’quvchilar ongiga, ruhiga ta’sir o’tkazish o’z vaqtida o’z-o’zini anglashni vujudga keltiradi. Bolada o’zini anglash tuyg’usi qancha erta uyg’onsa, shaxsiy nuqtai nazar, o’z huquqini his etish, o’zining aqliy va jismoniy imkoniyatlarini baholash shunchalik tez paydo bo’ladi. Boladagi e’tiqod, muomala, muloqot, mustaqil xulq -atvorni shakllantirish, ulardagi tashabbuskorlik hamda to’siqlarni yengishga intilishni jismoniy tarbiya darslarida milliy xalq o’yinlari orqali ham tarbiyalash mumkin. Bunda ularga yosh psixologiyasi xussiyatlaridan kelib chiqqan holda ruhiy turtki berish maqsadga muvofiqdir. Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan milliy harakatli o’yinlarda ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosa kelib chiqadi. 1. O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi. 2. Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi. O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay, bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ham, boshlang’ich sinf o’quvchilarda ham, yuqori sinf o’quvchilarida ham o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini o’yinlar orqali ham tarkib toptirish munkin. Chunki biror maqsadga yo’naltirilgan mashg’ulotga nisbatan milliy xalq o’yinlarida xulq ko’nikmalarni oldinroq va osonroq egallash mumkin. Ayniqsa, bu omil maktabgacha yoshdagi bolalarda yosh davrining xususiyati sifatida o’zining yorqin ifodasini topadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o’z xulqini o’zi boshqarish ko’nikmasi o’yin faoliyatida ham boshqa sharoitlarda ham qariyb baravarlashadi. Ba’zan ular ayrim vaziyatlarda, masalan: musobaqa paytida o’yindagiga qaraganda yuqoriroq ko’rsatkichga erishishlari ham mumkin. O’yin va o’yin faoliyati bolada o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Xalq o’yinlari faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdek, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsalar bilan bog’liq jihatini aks ettiradi. Narsa bilan o’yin harakatlarining takomillashuvi harakat shakli, xususiyati, bosqichi, u kabilarni qisqartirish va umumlashtirish hisobiga amalga oshiriladi. O’yin harakatlarining qisqarishi va umumlashuvi ularning aqliy ko’rinishidagi mantiqan izchil, shaklga o’tishning asosini tashkil qiladi. Maktabgacha yoshdagi bola asta-sekin kattalarning hayoti va faoliyati dunyosiga kirib boradi, oldin hamkorlikdagi faoliyatda namoyon bo’lgan ijobiy his-tuyg’ular, shijoat va dadillik sari yetaklovchi ruhiy kechinmalar iborat namuna darajasiga ko’tarilgan kattalarning ruhiy olamiga ko’tariladi. Maktab yoshida bolaning o’zi mustaqil ravishda kattalarning hayoti va faoltyatiga kirishish yo’llarini topa boshlaydi. U keyinchalik katta kishilarning hayotiva faoliyatining barcha sohalarida va shaxslararo munosabatlarida qatnashish istagini ko’rsatadigan bo’ladi. Shuning uchun xalq milliy o’yinlari kattalar bilan bola o’rtasida yangicha munosabatlar asosida vujudga keladi va bu munosabatlarda milliy xususiyatlar: o’z yurtini qadrlash, hurmat qilish, kattalarga hurmatda bo’lish kabi fazilatlar shakllanib, tarkib topib boradi. Xalq milliy o’yinlari paydo bo’lishi, vujudga kelishi jihatidan ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kattalarning hayoti va faoliyatini qayta tiklash va takrorlashdan boshqa narsa emas, shuningdek, bu o’yin faoliyati o’zining mazmuni va mohiyati bilan ijtimoiydir. O’zbek xalq milliy o’yinlari bola mustaqil faoliyatining yorqin namunasi bo’la oladi, bu jihatdan bu o’yinlarning mazmuni orqali kattalarning hayoti bilan yaqindan tanishadi. Milliy harakatli o’yinlardan foydalanish jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarining quyidagi o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak: Bola odamlarning foliyati, ularning predmetlarga munosabati va o’zaro muomalasiga, munosabatiga qiziqadi. Bolalar xalq o’yinlarida atrofdagi voqe’likning eng tashqi ifodali jo’shqin his-tuyg’uli jihatlarini aks ettiradilar. Milliy o’yinlarda bola kattalar bilan bir xil sharoitda, yagona zaminda yashayotganini his etgan holda o’z istagini amaliyotga tadbiq qiladi. Kattalarning hayoti va faoliyatiga kirish bolaning tasavvuri timsollari tariqasida namoyon bo’lsa ham, umuman uning chinakam shaxsiy hayotida o’chmas iz qoldiradi. Xalq milliy harakatli o’yinlari bolalarning jismoniy va aqliy sifatlarini rivojlantirishda muhim rol o’ynaydi. Chunki o’yinlar o’quvchilarning qiziqishlarini oshiradi, ularga zavq bag’ishlaydi, ish qobiliyatlarining tezroq tiklanishini ta’minlaydi. O’yinlar tufayli bolalar charchashni unutadilar, mashqlarni diqqat bilan bajarishga harakat qiladilar. Xalq milliy o’yinlarining barchasi bolalarning organizmlariga yaxlit ta’sir o’tkazadi. Shuning uchun ham o’yinlarga umumiy jismoniy ta’sir ko’rsatuvchi sifatida qarash lozim. Bironta o’yin yo’qki, u ayrim jismoniy sifatni rivojlantiruvchi vosita bo’lib hisoblanmasin. Masalan, “Do’ppi kiyishda kim g’olib?” milliy o’yinida faqat chaqqon bo’libgina qolmay, balki epchil, sezgir bo’lishga ham da’vat etiladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining vazifalari bolalarning yoshiga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda aniqlanadi, lekin bunda jismoniy madaniyatning umumiy maqsadi ko’zdan qochirilmaydi. Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o’yinlarining roli va o’rni nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi: Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish. O’quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va ko’nikmalarni singdirish. O’quvchilarda harakat malakalarini va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish. Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish. Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do’stlik hissini madaniy hulq ko’nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash. Turganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish. O’quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo’yicha muntazam mashg’ulotlarga barqaror qiziqish va ko’nikmalarini tarbiyalash. O’quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolini tayyorlash. O’quvchilar jismoniy tarbiyasining vazifalari doimo, jumladan, milliy xalq o’yinlarini o’rganish va o’rgatish jarayonida ham uyg’un holda hal etiladi. Bu vazifalar butun jismoniy madaniyat tizimining bolalarga ta’sir etishi tufayligina muvaffaqiyatli bajarilishi mumkin. buning uchun maktabning butun pedagogika jamoasi birgalikda ahil xarakat qilishi, maktabda mashg’ulotlarni tashkil etishning turli shakl va usullaridan, ayniqsa, milliy xalq o’yinlarida barcha vositalari yaxlitligi (kompleksi) dan foydalanish talab etiladi. Milliy xalq o’yinlarini mashg’ulotlar davomida qo’llash bolalarda katta qiziqish uyg’otadi, ularning kayfiyati va aqliy jihatdan rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 1 O'zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risidagi” Qonuni O’RQ-637, 23.09.2020. 2 “Uzluksiz ma’naviy tarbiya kontsepsiyasi”. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi I059-sonli Qarori. 31.12.2019. 3 “Muhim besh tashabbus”. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori, 20.03.2019 Download 27.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling