O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini tashxis etish rеjа


O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funkciyalari


Download 7.95 Kb.
bet3/3
Sana08.11.2023
Hajmi7.95 Kb.
#1756800
1   2   3
Bog'liq
O`quvchilarning bilim

3. O'quv jarayonida nazorat va hisobga olish funkciyalari

Tekshirishning maqsadi nafaqat o’quvchining bilim darajasi, sifati, shuningdek, uning o’quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat. Tekshirish tizimidagi bosqichlar:


  • 1.Ta’lim oluvchilarning bilim darajasini oldindan aniqlash hisoblanadi. Odatda, u o’quv yili boshida o’quvchilar tomonidan avvalgi o’quv yilida o’zlashtirilgan bilimlari darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.

  • 2.Har bir mavzuni o’zlashtirish jarayonidagi joriy tekshirishdir. Joriy tekshirish ta’lim oluvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan ayrim alohida elementlarni o’zlashtirish darajasini tashhislash imkonini beradi.

  • 3.Sanalib, o’quvchilarning o’quv materialining muayyan bob yoki bo’limlari bo’yicha o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Yangi mavzuni o’rganish bilan birga o’quvchilar avval o’zlashtirilganlarni takrorlaydilar.

  • 4. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini yaxlit bo’lim yoki kursning alohida mavzusi bo’yicha davriy tekshirish hisoblanadi. Mazkur tekshirishning maqsadi – kursning turli qismlarida o’rganilgan o’quv materialining strukturaviy elementlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’zlashtirish sifatini tashhislash.

  • 5.Ta’lim oluvchilarning ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini yakuniy tekshirish va hisobga olishdir..

O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni haratish lozim:

O’quvchilarning o’zlashtirish natijalarini hisobga olishda quyidagilarga e’tiborni haratish lozim:


  • o’quv dasturi asosida mavzu va bulimni o’rganishda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama nazorat qilish;

  • har bir yakunlangan mavzu bo’yicha o’quvchilarning faoliyati to’g’risida xulosa chiharish;

  • o’rtacha arifmetik ma’lumotlarga tayanibgina o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini baholamaslik;

  • o’quvchilarning mavjud bilimlariga aniq, batafsil ma’lumot (tavsif) berish uchun ularning bir necha o’quv yilidagi statistik o’zlashtirish ma’lumotlarga asoslanib tahlil etish.

NAZORAT SАVОLLАRI:


  • O’quv faoliyati va uning elimentlari nimalardan iborat.

  • Ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish nimaga bog’liq.

  • O’qish motivlari.

  • Ta’lim faoliyatiga ko’ra ta’limning qanday metodlari mavjud.

  • O’quv faoliyatini boshqarish.

  • Ko’nikma va malakalar ta’lim jarayonida qanday shakllantiradi.


http://fayllar.org
Download 7.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling