O'quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish


Download 19.28 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi19.28 Kb.
#1193906
Bog'liq
O\'QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH


O'QUVCHILARNING ILMIY DUNYOQARASHINI SHAKLLANTIRISH
Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or kishilari diqqat markazida bo’lib kelgan. Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda davrning o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umuminsoniy madaniyatiga salmoqli hissalarini qo’shganlar. Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi bo’lib hisoblanadi. Bilim olish albatta yoshlikdan boshlanadi. «Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqshdir»,- deydi dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix sahifalaridan, xalqimizning qalbidan o’chmaydi. Shunday kishilar qatorida Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al - Kindiy, G`azzoliy, Beruniy, Xorazmiy, Naqshbandiy, Yassaviylarni, G`arb allomalari I. Kant, F. Gegel, L. Feyerbax, A. Shopengauerlarning nomlarini tilga olmasdan bo’lmaydi. Eng buyuk allomalaru donishmandlar, o’zlarining noyob asarlari, ta’limotlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa qo’shganlar. Ular umrlarini ilmu fanga bag’ishlab, bu yorug’ olamdan ketar chog’i hayot ilmini chuqur egalladingizmi? degan savolga hech narsa bilmay ketyapman degan ekanlar. Ne ajab, hayot ilmi sirli va murakkabki, anglab yetmoqqa butun insoniyat umri ham yetmaydi.
Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi deb aytib o’tdik, shunday ekan dunyoqarashning o’zi nima? Uning qanday shakllari bor?
Dunyoqarash - faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi boshqa narsa , buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik diniy, qarashlari va tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida qancha ko’p ma’lumotlarga, bilimga ega bo’lsa, ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va puxta bo’ladi. Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turlicha buladi. Turli kasb egalari turli xil dunyoqarashga ega bo’ladi.
Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g’oyalar turkumini hosil qiladigan ularni muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar, davlatlar maqsadidan kelib chiqib, baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o’z o’rnini, amaliy faoliyat yo’nalishlarini , maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko’p qirrali va sermazmun tushunchadir.
Dunyoqarashning ikkita darajasi mavjud. Birinchisini, kishilarning kundalik hayotiy amaliy tajribasi hamda kasbiy faoliyati asosida to’plangan bilimlar, tasavvurlar, qarashlar tashkil qilsa, ikkinchisini ilm-fan tufayli to’plangan nazariy bilimlar, g’oyalar yig’indisi tashkil etadi. Ularning ikkalasi bir-biri bilan uzviy bog’langan bulib, bir-birini to’ldiradi.
Dunyoqarash ijtimoiy borliqning in’ikosidir. Unda ijtimoiy turmush aks etadi va u ijtimoiy tuzumga bog’liq bo’ladi.
Dunyoqarashning doimo o’zgarib, rivojlanib turishi uning tarixiy turlarining almashuvida yaqqol namoyon bo’ladi.
Qadimiy turkiy xalqlarda ham shunday mifologik tizim mavjud bo’lgan. Misol tariqasida yer, osmon, yulduzlarning paydo bo’lishi, tuzilishi va o’zaro munosabati haqidagi mifologik naqllarni keltiramiz:
1. Yer(ning) ustidan osmon do’ppiday yopib turadi. Eng balandda, o’rtada Temir qoziq yulduzi turadi. Jami yulduz yer bilan temir qoziqning (atrofida) chir aylanadi. Yerning ostidayam bir temir qoziq yulduzi bor. Ikki temir qoziq tortishib, yer qimirlamay turadi.
2. Hulkar avval yetti yulduz bo’lgan. Birovini Yetti qaroqchi olib, oltitasi qolgan. Yetti qaroqchi Hulkar bilan Qambarning o’rtasia tushib, ularni yuz ko’rmas qilib qo’ygan. Avval ular bir-birini yaxshi ko’rishgan. Hozir Hulkar botsa, Qambar chiqadi. Qambar botsa, Hulkar tug’adi. Hulkar- qiz, Qambar- yigit deyishadi. Oxiri qiyomatda Hulkar bilan Qambar ko’risharmish.
3. Osmon qavat-qavat bo’lar ekan. Nechanchidir qavatida bir daraxt bor ekan. Har bir odamning oti yozilgan barg shu daraxtda bo’lar ekan. Odam o’lsa, barg so’lib, uzilib tushar ekan. Barg yerga tushayotganda, biror odamga tegib ketsa, shu odamning qulog’i chimirlar ekan. Shunday vaqtda kalima qaytarishi kerak ekan.
Diniy dunyoqarash mifologiya (afsona)negizida shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi, rivojlanishi, istiqbolini xayoliy obrazlar, tasavvurlar va tushunchalarda aks ettiruvchi dunyoqarashdir. Diniy dunyoqarashning xalq ongiga singib, qalbida chuqur ildiz otib ketishining boisi shundan iboratki, ular oddiy kishilarning ruhiyatiga moslab, ularning hissiyoti, tafakkuriga ta’sir etadigan va ko’p vaqtgacha esda saqlanib qoladigan yorqin obrazlar, afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir.
Islom ta’limotidagi har bir afsona va rivoyatlarda katta hikmat, falsafiy fikr, ma’no mavjuddir. Shuning uchun ham ular barhayot bo’lib, avloddan-avlodga o’tib, bizning davrimizgacha yetib keldi. Bunday ma’naviy boylikni ehtiyot qilishimiz lozim.
Download 19.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling