6-test topshiriq.
O’smir tomonidan sinfning idrok etilishiga xos xususiyatlarini o’rganish metodikasi.
Ko’rsatma: «Biz talim jarayonini takomillashtirish maqsadida maxsus tadqiqot o’tkazayapmiz. Sizning so’rovnoma savollariga beradigan javoblaringiz bizga bu borada yordam berishi mumkin. Siz so’rovnomada har bir hukm gapdan keyin berilgan variantlar (a, b, v) dan biridagi fikrni tanlashingiz kerak. Tanlangan fikr sizning nuqtai nazaringizni to’liqroq aks ettirishi lozim. Unutmang, javoblar orasida to’ǵri yoki noto’ǵrisi yo’q. Ulardan faqat bittasini tanlang».
So’rovnoma.
1. Guruhda menga eng yaxshi sherik bo’lishi mumkin.
A. Mendan ko’ra ko’proq narsani bilgan odam.
B. Barcha masalalarni hamkorlikda echishga intiladigan odam.
V. O’qituvchining diqqatini bo’lmaydigan odam.
2. Eng yaxshi o’qituvchi bu…
A. Individual yondashadigan o’qituvchi.
B. Boshqalarning yordam berishi uchun sharoit yaratib beruvchi o’qituvchi
V. Jamoada har kimga erkin fikr bildirig uchun imkoniyat beruvchi o’qituvchi.
3. Men hursand bo’laman, agar mening do’stlarim
A. Mendan ko’ra ko’proq narsalarni bilsalar va menga yordam bera olsalar.
B. Boshqalarga halaqit bermay mustaqil ravishda muvaffaqiyat qozona olsalar.
V. Zarurat tuǵilganda boshqalarga yordam bersalar.
4. Menga juda yoqadi, agar…
A. Guruhda hech kimga yordam kerak bo’lmasa,
B.Vazifalarni bajarishga hech kim halaqit bermasa.
V. Boshqalar mendan ko’ra yomonroq tayyorlangan bo’lsa.
5. Menimcha, qo’limdan ko’p narsa keladi, qachonki…
A. Boshqalar qo’llab – quvvatlaganda va menga yordam berganda.
B.Harakatlarim etarlicha raǵbatlantirilganda.
V. Hamma uchun foydali bo’lgan tashabbusni ilgari surish imkoni bo’lganda.
6. Menga shunday jamoalar yoqаdiki…
A. U erda har bir inson barchaning muvaffaqiyatidan manfaatdor bo’ladi.
B. U erda har kim o’z ishi bilan bilib – bilib shuǵullanadi va bir – biriga halaqit bermaydi.
V. U erda har bir inson o’z vazifasini bajarishda boshqalarga suyanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |