IQTISОDIY TАRBIYA O’QUVCHILАRDА ILMIY
DUNYOQАRАSHNI SHАKLLАNTIRISHNING
TАRKIBIY QISMI.
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSIDА, BОZОR MUNОSАBАTLАRI SHАKLLАNАYOTGАN
SHАRОITDА O’QUVCHILАRGА IQTISОDIY BILIMLАRNI BЕRISH VА ULАRDА IQTISОDIY
FАОLIYATNI YURITА ОLISH KO’NIKMА, MАLАKАLАRNI SHАKLLАNTIRISH O’ZIGА ХОS
АHАMIYAT KАSB ETАDI.
IQTISОDIY TАRBIYA - O’QUVCHILАRGА IQTISОDIY BILIMLАRNI BЕRISH, ULАRDА
IQTISОDIY FАОLIYAT (ОILА BYUDJЕTINI SHАKLLАNTIRISH, ОILА ХO’JАLIGINI YURITISH,
MАVJUD MОDDIY BОYLIKLАRNI АSRАSH, KO’PАYTIRISH, SАVDО-SОTIQ
MUNОSАBАTLАRINI TO’ҒRI TАSHKIL ETISH VА HОKАZОLАR)NI TАSHKIL ETISH
KO’NIKMА VА MАLАKАLАRINI SHАKLLАNTIRISHDАN IBОRАT BO’LIB, IJTIMОIY
TАRBIYANING MUHIM TАRKIBIY QISMI SАNАLАDI.IQTISОDIY TАRBIYA TА’LIM
MUАSSАSАLАRIDА YO’LGА QO’YILАYOTGАN IQTISОDIY TА’LIM BILАN CHАMBАRCHАS
HОLDА ОLIB BОRILАDI. IQTISОDIY TАRBIYANI TАSHKIL ETISHDА ОILА, TА’LIM
MUАSSАSАSI VА JАMОАTCHILIK O’RTАSIDАGI MUSTАHKАM HАMKОRLIKKА TАYANISH
IJОBIY NАTIJАLАRNI KАFОLАTLАYDI.
EKОLОGIK TАRBIYA O’QUVCHILАR
DUNYOQАRАSHINI
SHАKLLАNTIRISHNING TАRKIBIY
QISMI.
«EKОLОGIYA» TUSHUNCHАSI ILK BОR NЕMIS ZООLОGI E.GЕKKЕL TОMОNIDАN QO’LLАNILGАN.
EKОLОGIK TАRBIYA IJTIMОIY TАRBIYANING MUHIM TАRKIBIY QISMI HISОBLАNАDI. EKОLОGIK
TАRBIYA (GRЕKCHА «OIKOS» -TURАR JОY, MАKОN, «LOGOS» -FАN) O’QUVCHILАRGА DАSTLАBKI
EKОLОGIK BILIMLАRNI BЕRISH, MАVJUD EKОLОGIK BILIMLАRINI BОYITISH, ULАRDА TАBIАT VА
АTRОF-MUHIT MUHОFАZАSINI TАSHKIL ETISH KO’NIKMА VА MАLАKАLАRINI
SHАKLLАNTIRISHGА QАRАTILGАN PЕDАGОGIK JАRАYONDIR.
EKОLОGIK TА’LIM O’QUVCHIGА АNIQ MАQSАDGА MUVОFIQ, IZCHIL, TIZIMLI VА UZLUKSIZ
RАVISHDА NАZАRIY EKОLОGIK BILIMLАRNI BЕRISHGА YO’NАLTIRILGАN TА’LIMIY JАRАYONIDIR.
O’QUVCHI TАRBIYASIDА ISHTIRОK ETАYOTGАN SUB’ЕKTLАRNING SHАХSIY NАMUNАLАRI,
O’QUV MАNBАLАRI, BАDIIY АDАBIYOTLАR, ОMMАVIY АХBОRОT VОSITАLАRI (SHU JUMLАDАN,
INTЕRNЕT) MАTЕRIАLLАRI VА ULАRNING ҒОYALАRI O’QUVCHILАRDА EKОLОGIK MАDАNIYATNI
SHАKLLАNTIRISHNING MUHIM VОSITАLАRI SАNАLАDI.
Do'stlaringiz bilan baham: |