Oraliq nazorat. 101b bio Baxtiyarov Qodir Borliq va uning mavjudlik shakllari. Borliq tushunchasi


Download 17.9 Kb.
bet3/5
Sana02.01.2022
Hajmi17.9 Kb.
#188260
1   2   3   4   5
Bog'liq
Oraliq nazorat

Islom ta’limotida esa borliq bu iloxiy vokelikdir. Ya’ni u Ollox yaratgan mavjudlikdir. Bu borada vaxdati vujud va vaxdati mavjud ta’limotlari bo`lgan.

Islom diniga mansub mutafakkirlar borliq haqidagi ta’limotni har taraflama rivojlantirganlar. Masalan, Forobiy fikricha, ilk borliq azaliy Olloxning o`zidir. Beruniy fikricha, borliq shunday umumiylikki, u hamma narsaning asosida yotadi, demak, borliq hamma narsaning asosidir. Yevropada o`tgan olimlar David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb talqin etishgan.

Хegel esa borliqni mavxumlik, mutloq ruxning namoyon bo`lishi, deb ta’riflaydi. Ko`pgina naturfalsafiy qarashlarda borliqni hozirgi zamon bilan, ya’ni shu aktual olamga bog`lab tushuntirdilar.

Aslida, borliq keng falsafiy tushuncha bo`lib o`ziga butun mavjudlikni, uning utmishi, hozir va kelajagini ham qamrab oladi. Faylasuflar borliqni tushuntirish uchun yo`qlik tushunchasini unga antipod qilib olishgan va shu asosda borliqning zaruriy mohiyatini ochishga intilganlar. Materialistik adabiyotlarda borliqni ob’ektiv reallik bilan, materiya bilan aynanlashtirib tushuntirishadi.

Borliq o`ziga ob’ektiv va sub’ektiv reallikni, mavjud bo`lgan va mavjud bo`ladigan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, utmish va kelajakni, o`limni va hayotni, rux va jismni qamrab oluvchi umumiy tushunchadir.


Download 17.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling